So’nggi yangiliklar

08:32Ўзбекистон хоккей терма жамоаси NHL 09 компютер ўйини дастурига киритилади 0 08:11Тимур Кападзе: "Менинг термадаги тақдирим бўйича жавобим йўқ" 0 01:48Жаҳонгир Зокиров ҳам Жаҳон чемпионатида муваффақиятли старт олди 0 23:50Шодиёр Мелиқўзиев ЖЧни нокаутли ғалаба билан бошлади 0 22:52Бокс. Ҳуморабону Мамажонова ҳам ЖЧни ғалаба билан бошлади 0 21:28CAFA Nations Cup - 2025. Ўзбекистон Қирғизистонни йирик ҳисобда мағлуб этди ва финалга йўл олди 0 18:11ФОТО: Ўзбек бокси юлдузларининг болаликда тушган суратларини кўрганмисиз? 0 17:46Тошкентда Сквош ва Падел федерацияси тантанали равишда очилди 0 17:05Бектемир Мелиқўзиев қўллаб-қувватлаш мақсадида Муроджон Аҳмадалиевнинг ёнига борди (ВИДЕО) 0 16:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон МТЖ 2 карра жаҳон чемпиони билан ўйнайди 0 16:16"Чимаев билан жанг тарихий бўлади" - Имавов 0 15:51UFC Paris турнири иштирокчилари тарозига чиқди: битта жанг бекор бўлди 0 15:25"Ўзимни ажойиб ҳис қиляпман". 39 ёшли Деонтей Уайлдер яна 10 йил жанг қилиш ниятида 0 15:01Месси Жаҳон чемпионатида қатнашадими? 0 14:39"Усик фаолиятини якунлаши керак" - мураббий 0

06 dek 10:10
Yangiliklar

Og'ir atletika

Bogotada og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati start oldi

Dunyo birinchiligi Parij-2024 Olimpiya o'yinlari yo'lida katta reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

CHempionatda 93 davlatdan 537 nafar sportchi ro'yxatdan o'tkazilgan. Xususan, O'zbekiston terma jamoasi 10 nafar (7 nafar erkak va 3 nafar ayol) atlet bilan qatnashadi. Qayd etish joiz, dastavval tarkibga 11 nafar sportchi jalb etilgan edi. 

Biroq -89 kg vazn toifasida ishtirok etishi kutilgan Sarvarbek Zafarjonov jarohatidan to'liq forig' bo'la olmadi. SHu bois u Turkiya yig'inidan so'ng Toshkentga qaytadigan bo'ldi. Jamoa esa bir necha soat avval Istanbuldan Bogotaga yo'l oldi. 

Musobaqada qatnashadigan sportchilarimizning to'liq tarkibi quyidagicha ko'rinish oldi:

-67 kg: Adhamjon Ergashev (“A” guruhi)
-67 kg: Doston Yoqubov (“A” guruhi)
-81 kg: Og'abek To'xtaev (“V” guruhi)
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (“A” guruhi)
-102 kg: SHarofiddin Amriddinov (“V” guruhi)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (“A” guruhi)
+109 kg: Akbar Jo'raev (“A” guruhi)
-55 kg: Nigora Abdullaeva (“A” guruhi)
-81 kg: Rigina Adashbaeva (“V” guruhi)
-87 kg: Tursunoy Jabborova (“A” guruhi)

CHempionat davomida har bir atletimizning chiqishi katta qiziqish bilan kuzatib borilishi aniq. Siz ham hamyurtlarimizning ishtirokiga qiziqayotgan bo'lsangiz, ushbu malumotlar orqali ular qatnashadigan vaqtni belgilab oling:

8 dekabr: Nigora Abdullaeva (05:00, Toshkent vaqti bilan)
10 dekabr: Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov (02:30)
11 dekabr: Og'abek To'xtaev (21:30),
12 dekabr: Muhammadqodir Toshtemirov (02:30)
13 dekabr: SHarofiddin Amriddinov ( 21:30)
15 dekabr: Rigina Adashbaeva (02:00)
15 dekabr: Tursunoy Jabborova (05:00)
16 dekabr: Ruslan Nurudinov (05:00)
17 dekabr: Akbar Jo'raev (02:30)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing