02 sen 14:01
Yangiliklar

O'zbekiston sport delegaciyasi Turkiy davlatlar Universiadasiga yo'l oldi
Ushbu kompleks musobaqada 5 ta mamlakat sport jamoalari ishtirok etadi. Universiadada o'zbekistonlik 80 nafar talaba sportchilar sportning 5 ta olimpiya va 2 ta noolimpiya turlari bo'yicha medallar uchun bahs olib borishadi.
Jumladan, O'zbekiston sport delegaciyasi tarkibida Ulug'bek Azizov va Aziz Tashmatov murabbiyligidagi talaba-dzyudochilarimiz ham qo'shni davlatga jo'nab ketishdi.
Universiadada qatnashadigan dzyudochilarimiz tarkibi:
QIZLAR
-48 kg: Ruxshona Alisherova
-52 kg: Zarina Jamalova
-57 kg: Ramajon Saparova
-63 kg: Marjona Nurillaeva
-70 kg: SHirinjon Yuldasheva
-78 kg: Mushtariybegim Afsalova
+78 kg: Mohlaroyim Tuxtamisheva
O'G'IL BOLALAR
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: SHohjahon Otaboev
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Nodir Mavlonberdiev
-90 kg: Sardor Erkinov
-100 kg: Muhammadali Tangriev
+100 kg: Alijon Quvondiqov
Fikrlar