So’nggi yangiliklar

19:04Синнер 12 000 рейтинг очкоси жамғарган бешинчи теннисчи бўлди 0 18:43Эксперт — Махачев бир ҳолатдагина Топурия билан жанг қилади 0 18:22Шакил О'Нил Майк Тайсон билан учрашди + ФОТО 0 18:01Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди 0 17:40Жангига 5 кун қолган 46 ёшли Мэнни Пакьяо айни пайтдаги актуал формасини кўрсатди + ФОТО 0 17:19Жанги бекор қилинган Мовсар Евлоев UFC рейтингида 1-ўринга кўтарилиб олди 0 16:58Ўзбекистонлик ММА жангчиси АҚШ визасини олди ва кейинги жанги нуфузли Лигада бўлишини эълон қилди 0 16:37"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи 0 16:20"Корея Опен": Таэквондочилар илк кунда 2 та медаль қўлга киритишди 0 16:16Жаҳон чемпионатида қатнашадиган қиличбозларимиз таркиби маълум 0 15:55Жервонта ва Роуч жанги Дэвиснинг ҳибсга олиниши сабаб қолдирилиши мумкин 0 15:51Шахмат. Умида Омонова Жаҳон кубогида янги рекордни ўрнатди 0 15:34Дмитрий Чигирёв ва Екатерина Гейниш янги мавсум учун тайёргарликни бошлади (ВИДЕО) 0 15:13Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди 0 14:52WBC рейтинги янгиланди: Ундан 6 нафар боксчимиз ўрин олди 0

05 dek 15:26
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks hakamlari faoliyati rivojlantiriladi: O'zbekiston boks federaciyasi katta seminarni boshladi + FOTO

Teglar :  HakamlarSeminar
Xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston boks federaciyasi hakamlar va musobaqa rasmiylari faoliyatini rivojlantirishga bag'ishlangan yangi strategiya ishlab chiqdi.

Ushbu loyiha doirasida hakamlik bo'yicha tanlov elon qilindi, yurtimizga AIBAning tajribali instruktorlari taklif qilindi, shuningdek, O'zbekiston chempionatida ishlash uchun barcha qitadan 8 nafar uch yulduzli hakamlar yurtimizga etib kelishmoqda. 

Bugun mazkur strategiya doirasida hakamlar uchun katta seminar tashkil etildi. Tadbirni O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murodjon Mamadaliev ochib berdi. Bosh kotib o'z chiqishida hakamlikni rivojlantirish dolzarb masala ekanligi, ushbu yo'nalishni rivojlantirmay turib, yosh va istedodli bokschilarni selekciya qilib bo'lmasligi haqida gapirdi. 



SHundan so'ng, O'zbekiston boks federaciyasi xalqaro munosabatlar bo'limi boshlig'i SHohid Tillaboev hakamlar faoliyatini rivojlantirishga oid strategiya mazmuni bilan tushuntirdi. U shuningdek, bugungi seminarni olib borish uchun yurtimizga kelgan AIBAning tajribali instruktorlari Endryu Koulfild (SHotlandiya) va Igor Bileckiy (Ukraina)ni tanishtirdi. SHuningdek, hakamlik yo'nalishini rivojlantirish strategiyasidagi loyihalar haqida gapirib berdi.


SHundan so'ng seminar instruktorlari so'zga chiqib, tashkil etilayotgan seminar bo'yicha o'z rejalari haqida gapirib o'tishdi. 

So'ngra SHohid Tillaboev tomonidan strategiya taqdimoti ishtirokchilarga namoyish etildi. Unda yo'lga qo'yilayotgan tizim, ishni olib borish va boshqa masalalar tushuntirib berildi. 

Unga ko'ra, endilikda boks hakamlari uchun "TOP-10" reyting tizimi shakllantiriladi. Ushbu reyting ayni paytda yurtimizda bo'lib turgan neytral, horijiy instruktorlar tomonidan tuziladi. Seminardagi imtihon yakunlari va O'zbekiston chempionatidagi ishtirokiga qarab, hakamlar uchun reyting shakllantiriladi. Eng kuchli o'n nafar referi esa O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan rag'batlantirib turiladi. SHuningdek, xalqaro musobaqalarda ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi. 

Bundan tashqari, jang natijasini baholashda atayin noholislikka yo'l qo'ygan hakamlarga nisbatan choralar kuchaytirilishi alohida qayd etildi. 

SHotlandiyalik Endryu Koulfildning maruzasi orqali o'zbekistonlik hakamlar o'zlari uchun zarur va qimmatli bo'lgan malumotlarni olishdi. 

Seminar ertaga ham davom ettiriladi. Unda ishtirokchilar uchun imtihonlar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing