21 may 15:22
Yangiliklar
Dzyudo

Qitaviy seminarda ishtirok etayotgan referilar uchun yozma imtihon boshlandi FOTOGALEREYA
Toshkentda ilk bor Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) shafeligida hakamlar uchun qitaviy seminar (Tashkent IJF Continental Category Examination & Seminar) bo'lib o'tmoqda.
23 mayga qadar davom etadigan ushbu xalqaro seminarda yurtimiz referilaridan tashqari Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Hindiston, Yaponiya, Xitoy, Quvayt singari 12 davlatdan kelgan jami 30 nafar hakam qatnashyapti.
Ayni daqiqalarda hakamlar yozma imtihon topshirishyapti. Reja bo'yicha hakamlar Uchqun Murodov xotirasiga bag'ishlab o'tkazilayotgan Tashkent Cadet and Junior Asian Cup turnirida amaliy imtihondan o'tishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar