So’nggi yangiliklar

10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0 19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0 18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0

05 noy 10:54
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks. O'zbekiston chempionatidagi janglardan onlayn yakunlandi

Bugun, 5 noyabr kuni O'zbekiston chempionati doirasida bir qator muhim janglar o'tkazildi.

Ushbu sahifa orqali bugun o'tkaziladigan barcha janglar natijalarini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi. 

YANGILASH


75 kg. Odiljon Aslanov Akmalbek Qosimovga qarshi ringga ko'tarilib, g'alaba qozondi

60 kg. SHunqor Abdurasulov Jahongir Davidovga qarshi jang qilib, 5-0 hisobida g'alaba qozondi.

69 kg. Bobousmon Baturov Jahongir Rasulovga qarshi ringga ko'tarilib, 5-0 hisobida g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.

75 kg. Fanat Qahramonov Toshkent viloyati vakili Zokirxo'ja Madievga qarshi ringga ko'tarilib, g'alaba qozondi.

-69 kg vazn toifasidagi janglarning birida andijonlik Javlonbek Yo'ldoshev Toshkent shahri vakili Temur Saidovni 5:0 hisobida dog'da qoldirdi. 

Kutilmagan natija -52 kg vazn toifasidagi chorak final jangida qayd etildi. CHempionlik uchun asosiy davogarlardan hisoblangan Abrorjon Qodirov kutilmaganda andijonlik SHahzodbek Tolibjonovga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

-60 kg vazn toifasida yoshlar o'rtasida jahon chempioni, o'smirlar Olimpiadasi g'olibi Abdumalik Halakov navbatdagi g'alabasiga erishdi. U farg'onalik Bahromjon Olimjonovni engdi va yarim finalga yo'l oldi. Abdumalik o'tgan yili O'zbekiston chempioni bo'lish barobarida musobaqaning "eng yaxshi jangchisi"ga beriladigan Rufat Risqiev sovrinini ham qo'lga kiritgan edi.

  

V ringda o'g'il bolalar o'rtasidagi janglar boshlandi. O'ziga xos Farg'ona viloyati derbisida Athamjon Muhiddinov Husanboy Karimovni taslim etdi. 

Osiyo chempioni Nodirjon Mirzaahmedov chorak final jangida jizzaxlik Elmurod Normurodovni mag'lub etdi va yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.   

SHunga o'xshash holat V ringda ham kuzatildi.  Navoiylik Dildora Saydullaeva jangsiz final chiptasini qo'lga kiritdi. Namanganlik Nigora Rayimboeva ringga chiqmadi. Dildora oltin medal uchun ringga ko'tariladi. SHu tariqa, qizlar o'rtasidagi kunning birinchi yarmiga belgilangan yarim final janglari o'z nihoyasiga etdi.  

Qashqadaryolik Mavluda Mavlonova ham avtomatik tarzda keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Uning navoiylik raqibasi Madina Yusupova jarohati sababi jangni o'tkaza olmadi.   


A ringdagi navbatdagi jang o'tkazilmadi. Boisi, Navbahor Hamidovaning raqibasi jizzaxlik Iroda Azimova ringga chiqmadi va buning natijasida Navbahor jangsiz keyingi bosqichga yo'l oldi.   

"Dinamo" sport jamiyati sportchisi, terma jamoa azosi Rayxona Qodirova buxorolik Ziyoda Yarashevaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.   

Kunduzgi dasturdan o'rin olgan janglar qizg'in pallaga kirib bormoqda. A ringda surxondaryolik Mahliyo Ravshanova samarqandlik Malikabonu Egamqulovadan 5:0 hisobida ustun keldi. Yana bir Surxondaryo viloyati vakilasi Dilfuza Bekova esa SHohida Rahimani mag'lubiyatga uchratdi.

Hozirgina V ringdagi yana bir jang yakunlandi. Bu safar muddatidan avval g'alaba qayd etildi. Andijon viloyati vakilasi Aziza Yoqubova dugonasi Nozimaxon Bulturovani birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.  

V ringdagi ilk jangda esa buxorolik Marjona Savrieva qoraqalpog'istonlik Azima Tojiboevani 5:0 hisobida engdi.  

Hozirgina A ringdagi jang yakunlandi. Unda -48 kg vazn toifasida terma jamoa azosi, namanganlik Gulasal Sultonalieva buxorolik dugonasi Farzona Fozilovani 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.   

Ayni paytda A va V ringlarida kunduzgi dasturdan o'rin olgan janglar boshlandi. Har ikki ringda hozirgina ikkinchi raund o'z yakuniga etdi. Birozdan so'ng kunning ilk g'oliblarini bilib olamiz. 

Assalomu alaykum. O'zbekiston chempionati beshinchi kunidan matnli translyaciyani boshlaymiz. 


Janglar soat 11:00da boshlanadi.

Bugun o'tkaziladigan janglar ro'yxati:


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing