So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

15 okt 19:26
Yangiliklar

Boshqalar

Bosh vazir kubogi tarixga muhrlandi, endi navbat Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogiga

Teglar :  Bosh vazir kubogi
Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi o'tkaziladi.

2019 yil 4 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida vazirliklar, idoralar va xo'jalik birlashmalari hamda hududlardagi yirik korxona va tashkilotlar xodimlari o'rtasida turli ommaviy madaniy va sport tadbirlari, jumladan «Bosh vazir kubogi», «Hokim kubogi», «Rahbar» kubogi musobaqalarini o'tkazish vazifasi yuklatilgan edi.

Yurtboshimizning ushbu topshiriqlari ijrosini taminlash maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O'zbekiston futbol associaciyasi bilan hamkorlikda joriy yil 4-12 oktyabr kunlari vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari o'rtasida «Bosh vazir kubogi-2020» futbol musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etdi. Endi esa 22-30 oktyabr kunlari ilk marotaba futbol bo'yicha «Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi» musobaqasi o'tkaziladi.

Ushbu musobaqaning «Bosh vazir kubogi»dan farqli jihatlari nimada?

«Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi» musobaqasida jamoalar maydonda 8 kishidan harakat qiladi va o'yin maydonining yarmida to'p tepishadi, zaxiradan 7 kishi joy oladi.

SHuningdek, bu musobaqada vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning faqat markaziy apparati xodimlari emas, balki tizimdagi tashkilotlardan ham havaskor futbolchilar jamoa tarkibiga jalb etilishi mumkin. Bundan ko'zlangan maqsad, korxona-tashkilotlar markaziy apparatida xodimlar kamligi sababli chetdan professional yoki yarim professional jamoalarda to'p tepayotgan futbolchilarni jalb etishining oldini olishdir. Yani, musobaqada havaskor maqomiga ega, avvalo sog'ligini o'ylab yuguradigan xodimlar ishtirok etishsin.

Qolaversa, «Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi» musobaqasida professional faoliyatini yakunlaganiga kamida besh yil bo'lmagan hamda ishga qabul qilinganiga kamida bir yil to'lmagan xodimlar qatnashishiga ruxsat berilmaydi. Bu ham musobaqaning halol, shaffof va adolatli o'tishiga xizmat qiluvchi omillardan.

Ertaga, yani 16 oktyabr kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi binosida ushbu musobaqa tashkiliy qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tadi. Yig'ilishda yana bir qator muhim masalalar o'z echimini topadi.

Hozirgacha «Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi» musobaqasida ishtirok etish uchun 40ta tashkilotdan talabnoma kelib tushgan. Talabnomalarni topshirishning so'nggi muddati etib 2020 yilning 20 oktyabr sanasi belgilangan. Qura tashlash marosimi esa 21 oktyabr kuni o'tkaziladi. SHoshiling, musobaqa boshlanishiga oz vaqt qoldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing