So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:15Махачев Камару Усманга қарши эҳтимолий жанг ҳақида фикр билдирди 0 18:52"Октагоннинг полини сенинг юзинг билан артаман" - Царукян Топурияга мурожаат қилди 0 18:30Ислам Махачев Топурия - Оливейра жангига тахмин берди 0 18:08"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми? 0 17:45UFC Аспиналл учун жанг ташкил этиш борасида ишламоқда, даъвогар маълум 0 17:23Топурия нега Царукян UFC 317’дан кейин чемпионлик жангида қатнашмаслигини айтди 0 17:00"Жонс барчани кутишга мажбур қилди" - Ислам Махачев 0 16:38Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди 0 16:16Ислам Махачев яримўрта вазнга ўтиш сабабини айтди 0 15:54Ўзбекистон Кубогининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТО 0 15:25Волкановски Топурия - Оливейра жанги учун тахмин билдирди 0 15:03Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди 0 14:39Ислам Махачев енгил вазнга қайтиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 14:17Лос-Анжелес Олимпиадасига саралаш жараёнида ўтказиладиган икки йиллик Гран-прилар тақвими маълум 0

29 jan 14:11
Yangiliklar

Boks/MMA, Taekvondo

Bo'stonliqda sportchilar uchun zamonaviy sihatgoh qad rostlaydi

Poytaxdan 60 km uzoqlikda joylashgan Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanida, Tyanshan tog'larining G'arbiy tomonida joylashgan hamda dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan hududda dam olish maskani bunyod etiladi.

Yurtimizning ko'zga ko'ringan taekvondo va bokschilari ushbu maskanda bo'lib, bu erdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. 

Albatta, bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va manaviy jihatdan asoslangan o'ziga xos, sog'lom turmush tarzi madaniyati tarkib topmoqda. Bu madaniyatning tarkibiy qismi turli xildagi mashg'ulotlar bilan bog'liq. Bunday taraqqiyotni belgilovchi muhim omil sog'lom madaniy hayot, uning tarkibidagi millat salomatligidir. 

Boylik sanalgan salomatlikni saqlashda sog'lomlashtirish mashg'ulotlarining ahamiyati beqiyos. Turli nufuzdagi chempionatlarda, xalkaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurt sharafini munosib himoya qilib kelayotgan atletlarimiz musobaqalardan so'ng ruhiy toliqish, jismoniy zo'riqishdan o'zlarini tiklab olishlari uchun endilikda yangi loyiha ishlab chiqilmoqda. 

Unga ko'ra, sportchilar ekologik toza va o'zgacha tabiat go'zalligiga ega bo'lgan, o'ziga maftun etuvchi ajoyib manzaralarga ega dam olish maskanlarida sog'liklarini tiklash uchun jalb etilishi kutilmoqda. Loyihalar kengaytirilib, bu erda sog'lomlashtirish va nafas olish mashqlari, umumjismoniy holatni tiklash uchun shug'ullanish zallari, dam olish maskani qurilishi rejalashtirilmokda.

Tez orada etakchi sportchilarimiz chet ellarda emas, o'z uyimizda va barcha qulayliklarga ega bo'lgan maskanlarda bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing