So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

22 dek 09:07
Yangiliklar

Dzyudo

Bugun O'zbekiston dzyudo federaciyasida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkaziladi

Sir emas, o'zbek dzyudosi nafaqat mintaqa, balki dunyoda ham o'z o'rni va mavqeyiga ega hisoblanadi.

Mustaqil O'zbekiston sport delegaciyasiga Olimpiadadagi ilk medalni ham aynan dzyudochimiz taqdim etgan. 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasida ishtirok etgan Armen Bagdasarov kumush medal sohibiga aylangan edi. 

SHundan so'ng o'tgan davr mobaynida to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida Rishod Sobirov (3 ta bronza), Abdulla Tangriev (kumush), Diyorbek O'rozboev (bronza) ham Olimpiada shoxsupasiga ko'tarildi. Hozirda terma jamoamiz azolari dzyudo vatani - Tokioda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari yo'lidagi muhim reyting musobaqalariga tayyorgarlik ko'rishyapti. Ularni nomma-nom aytmasak ham bundan yaxshi xabardorsiz. 

Afsonaviy dzyudochi, Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni Ilias Iliadis bosh murabbiyligidagi yulduzli tarkib dzyudochilarimiz bugun, 22 dekabr kuni o'tkaziladigan "Ochiq eshiklar kuni"da hozir bo'lishadi va tadbirga keladigan siz azizlarga o'z mahoratlarini namoyish etishadi. Dzyudochilarimizdan tashqari ayni paytda Toshkentda mashg'ulot o'tkazayotgan Gruziya terma jamoasining yulduzli tarkibi ham "Ochiq eshiklar kuni"da ishtirok etadi. 

Bugun soat 10:00da O'zbekiston dzyudo federaciyasida boshlanadigan marosimning qiziqarli o'tishiga kafolat beramiz. Sizlarni ajoyib sovg'alar kutmoqda! 

Tadbir davomida dzyudochilarimizning mashg'ulotlarini kuzatish, ular bilan muloqot qilish hamda suratga tushish imkoniyatiga ega bo'lasiz. 

"Ochiq eshiklar kuni"ga barcha muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini taklif etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing