So’nggi yangiliklar

19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0 16:16Макс Холлоуэй қандай ҳолатда Топуриянинг навбатдаги рақиби бўлиши мумкинлигини айтди 0 15:53"Ҳумо" Pro Hokei Ligasy навбатдаги мавсумини ўтказиб юборади 0 15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 1 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0

25 sen 10:57
Yangiliklar

Dzyudo

Bugun SHarq gavhari - Samarqandda zamonaviy dzyudo zali foydalanishga topshiriladi + FOTO

Teglar :  SamarqandDzyudo
Prezident SHavkat Mirziyoevning hududlarga tashrifi chog'ida engil konstrukciyali (sendvich-panelli) sport inshootlarini qurish bo'yicha ko'rsatma berilgan edi.

SHu maqsadda O'zbekiston dzyudo federaciyasi keng ko'lamdagi ishlarni boshlab yuborgandi. Birinchi qadam sifatida O'zbekiston dzyudo federaciyasi hududida juda qisqa fursatda ana shunday engil konstrukciyali mashg'ulot zali bunyod etilgan va foydalanishga topshirildi. Poytaxtda boshlangan xayrli ish endi respublikaga ko'chdi va ayni paytga kelib butun O'zbekistonni qamrab oldi. Hozirda Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda qolgan barcha viloyatlarda engil konstrukciyali dzyudo zallari jadal suratlarda bunyod etilyapti.    

Bugun ana shunday sport obektlaridan biri qadim va hamina navqiron Samarqand shahrida foydalanishga topshiriladi. SHaharning 7-umumtalim maktabi hududida bunyod etilgan ushbu zamonaviy dzyudo zali mahalliy yoshlar uchun ajoyib sovg'a bo'ladi. Bugun birozdan so'ng O'zbekiston Xalq talimi vazirligi, mamlakat dzyudo federaciyasi hamda «Falcon Hunting Solutions» kompaniyasi hamkorligida bunyod etilgan ushbu dzyudo zalining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. 

Qo'shma loyihaga ko'ra, mamlakatimizning aholisi eng zich joylashgan hududlaridagi jami 15 ta maktabda xuddi shunday ixtisoslashtirilgan dzyudo zallari bunyod etiladi. Ularning aksariyatida bugungi kunda qurilish ishlari olib borilyapti. Bosqichma-bosqich foydalanishga topshiriladi. Ushbu dzyudo zallarida jami 28 000 o'quvchi va 70 000 nafardan ziyod bolalar dzyudo sir-asrorlarini o'rganishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing