10 iyu 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
UFC chempioni Aleksandr Volkanovski Movsar Evloev bilan jang qilishni xohlashini bildirdi.
"Agar mendan: "Kimga qarshi jang qilishni xohlar eding?" deb so'rasalar, javobim Evloev bo'lardi. U menga qarshi jang qilishga loyiq. Evloev — mag'lubiyatsiz. Oxirgi mag'lubiyatsiz raqib menga qarshi jangda g'alaba qozongandi. Endi esa men boshqaning rekordidagi nolni yo'q qilishni xohlayman.
Bu jang menga motivaciya beradi. Evloevning rekordi — 19-0. U reytingdagi TOP-15'likdan besh nafar jangchini mag'lub etgan. Men unga chempionlik uchun imkoniyat bermoqchiman", — dedi Volkanovski Bloody Elbow nashriga.
Havola :
Manba : Bloody Elbow
Fikrlar