10 iyu 13:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Odilxon Alash Pride'da jang qiladi
O'zbekistonlik pop-MMA jangchisi Odilxon Kamolovning keyingi chiqishi haqida malumot berildi.
Unga ko'ra, hamyurtimiz 25 iyul kuni Qozog'istonning SHimkent shahrida tashkil etiladigan MMA bo'yicha Alash Pride FC 110 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi. Kamolovga o'sha kuni Tojikiston vakili Muhammadrizvon Qahhorov raqib bo'ladi.
Odilxon aslida, Octagon League jangchisi hisoblanadi. Biroq u bahorda Liga tomonidan 6 oy muddatga diskvalifikaciya qilinib, bu vaqt ichida boshqa turnirlarda ishtirok etishiga taqiq qo'ygandi.
Malumot uchun, Odilxon Kamolov faoliyati davomida 10 ta jang o'tkazib, 6 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirgan. Raqibning rekordi esa 3-5-0 ko'rinishida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar