10 iyu 17:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Topuriya Xabib Nurmagomedovning rekordini yangiladi
UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgan Iliya Topuriya mashhurlik jihatidan o'sishda davom etmoqda.
Endi u Xabib Nurmagomedovning rekordini yangiladi.
Topuriyaga oid kollekcion kartochka aukcionda 101 000 dollarga sotildi va bu UFC va MMA tarixidagi eng qimmat kartochkaga aylandi. Bundan avvalgi rekord — Xabibga tegishli bo'lib, 2022 yil may oyida uning kartochkasi 79 200 dollarga sotilgan edi.
Havola :
Manba : Fightnews
Fikrlar