10 iyu 19:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
UFC sobiq chempioni CHarlz Oliveyra Iliya Topuriyani o'z faoliyati davomidagi eng qattiq zarba beradigan jangchiligini tan oldi.
"Iliya — men to'qnash kelganlar orasida eng qattiq zarba beradigan jangchi. Buni inkor qilib bo'lmaydi.
Getji, Pore va CHendler kabi kuchli zarba beruvchilardan zarbalar oldim, nokdaunga tushdim. Lekin haligacha meni hech kim nokaut qilmagan edi. Bu men uchun yangi holat bo'ldi. Nima bo'lganini tushunmadim ham", — dedi Oliveyra Championship Rounds sahifasiga.
Havola :
Manba : Championship Rounds
Fikrlar