10 iyu 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Volkanovski: "Qo'lqoplarimni yaqin orada mixga ilaman"
Yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleksandr Volkanovski jangchi sifatidagi professional faoliyatini qachon tugatishni rejalashtirayotganini aytdi.
"Nafaqaga chiqqunga qadar qancha jangim qoldi? Tez orada qo'lqoplarimni mixga ilaman. Garchi hozirda menda boshqa yigitlar bilan raqobatlashishga kuchim bo'lsa-da. Keling, yaxshisi keyingi har bir jangim qanday o'tishini ko'ramiz", deydi Volkanovski.
Eslatib o'tamiz, shu yil aprel oyida Aleks Diego Lopesni ochkolar hisobiga ko'ra engib, chempionlik kamarini qaytarib olgandi.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar