So’nggi yangiliklar

01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0 00:23Акмалжон Исроилов мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ олтин медалини қўлга киритди 0 23:00Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0 22:39Абдумалик Халоков - кетма-кет иккинчи маротаба ЖЧ олтин медалига эга чиқди 0 22:25АПЛ. "Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:18Боксчиларимиз иштирокидаги Жаҳон чемпионати финалларидан ОНЛАЙН 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0 16:06"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин 0

18 may 11:34
Yangiliklar

Boshqalar

Bunaqasi bo'lmagandi! 13 yoshli qizimiz Osiyo rekordini yangiladi + FOTO

Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.

Qirg'iston davlati Bishkek shaxrida Osie chempionati o'tkazildi. Ushbu qita chempionatida Osiyoning o'ndan ziyod davlatidan 500 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etishdi. Ular qatorida Vohiddin Najmiddinov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi sportchilari ham medallar uchun kurash olib borishdi. 

Etiborga molik jihati shundaki, 13 yoshli SHohsanam Mirfozilova 53 kg vazn toifasidagi bahslarda nafaqat chempionlik shohsupasiga ko'tarildi, balki Osiyo rekordini yangilashga ham muvaffaq bo'ldi. U 10 daqiqa ichida 16 kg toshni 137 maratoba ko'tarishga muvaffaq bo'ldi. 

Terma jamoamiz azolaridan +95 kg vazn toifasida SHerali Nosirov Osiyo chempioni bo'ldi. Faxriylar o'rtasidagi -73 kg vazn toifasi bellashuvlarida Vohiddin Najmiddinov eng yaxshi natija bilan oltin medal sohibiga aylandi. SHuningdek, terma jamoamiz bosh murabbiyi Lochin Husanov (-95 kg) ham Osiyo chempioniga aylandi. 

Hamyurtlarimizdan Elyor Urushev (-85 kg), Otamurod Turodov (-95 kg), SHohruh Hamidov (63 kg) va Javohir Qurbonov (95 kg) kumush medalni qo'lga kiritdi. Temur Ribolkin (-63 kg), Ismatillo Ahmedov (-73 kg), SHodilbek Ergashev (-85 kg) va Radmir Asanov Radmir bronza medaliga sazovor bo'ldi. 

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida 4 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida faxrili uchinchi o'rinni egalladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing