26 iyu 17:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Professional bokschi Jamshid Najmiddinov "Octagon 76" turnirida jang qildi
Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha "Octagon 76" turniri o'tkazilmoqda.
Ushbu turnir doirasida professional boksdagi janglari orqali muxlislarga tanish bo'lgan hamyurtimiz Jamshid Najmiddinov ham oktagonga ko'tarildi.
Unga turnirda qirg'izistonlik Akjol Sulaymanbek uulu raqiblik qildi. 3 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Jamshid Najmiddinov ochkolar evaziga g'alaba qozondi.
Jamshidni MMAdagi muvaffaqiyatli start bilan muborakbod etamiz va unga kelajakdagi faoliyatida omad tilaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar