11 iyu 16:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt Topuriya nima bilan hayron qoldirganini aytdi
UFC prezidenti Dana Uayt engil vazn toifasining yangi chempioni Iliya Topuriya haqida gapirdi.
Topuriya CHarlz Oliveyrani nokautga uchratganidan so'ng UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi.
"Topuriyaning avvalgi jangi? Ajoyib, shunchaki hayratlanarli! Uning mutlaqo ustunlik ko'rsatishi men uchun kutilmagan vaziyatmi? Ha. Ha.
U jangdan oldin nima qilishini aytyapti va buni uddalayapti — Volkanovski, Xollouey, endi esa Oliveyra! Bu aqlbovar qilmas daraja", — dedi Uayt.
Havola :
Manba : Full Send Podcast
Fikrlar