16 iyu 10:16
Yangiliklar

Svyontek WTA tarixida mukofot puli qo'lga kiritish bo'yicha kuchli uchlikka kirdi
Svyontekning faoliyati davomida birgina turnirlarda ega chiqqan mukofot pullari 40 million 523 ming 198 dollarga etdi. U bu yilgi mavsumda 7,4 mln dollar ishlab topdi. Ushbu summaning taxminan 4,05 mln dollari "Uimbldon"dagi chempionligiga to'g'ri keladi.
WTA tarixidagi bu bo'yicha rekord Serena Uilyamsga tegishli. Amerikalik tennischi faoliyatida davomida 94 million 816 ming 730 dollar ishlab topgan. Ikkinchi o'rinni uning opasi Vinus Uilyams 42 648 578 AQSH dollari bilan band etgan.
Top-10`talikdan ruminiyalik Simona Xalep ($ 40 236 618), rossiyalik Mariya SHarapova ($ 38 777 962), belaruslik Viktoriya Azarenko ($ 38 532 860), chexiyalik Petra Kvitova ($ 37 454 150), daniyalik Karolin Voznyacki ($ 36 441 868), belaruslik Arina Sobolenko ($ 36 082 811) hamda germaniyalik Anjelika Kerber ($ 32 519 180) joy olgan.
Fikrlar