16 iyu 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA

"Dyubua yosh, Usik esa qari. Bu Aleksandr uchun xavfli jang" - murabbiy
Boks murabbiyi Teddi Atlas Usik va Dyubua o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"Usik bilan o'tgan jangda — zarba beldan past bo'lganmi-yo'qmi — Dyubua taslim bo'ldi. Lekin bu safar u taslim bo'lmaydi. Unda istedod bor, mushaklari kuchli, tabiiy kuchi bor. Agar u zarba bersa, sizni silkitishi aniq.
Dyubua yosh, Usik esa qari. Bu Usik uchun juda xavfli jang", – dedi Teddi Atlas.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang 19 iyul kuni Londondagi "Uembli" stadionida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Boxing Social
Fikrlar