16 iyu 10:37
Yangiliklar

PFL World Tournament 9 turnirining asosiy jangi tasdiqlandi
O'tgan mavsum PFL chempioni Gadji Rabadanov PFL World Tournament 9 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi. Engil vazn toifasidagi aralash yakkakurash ustasining Gran-pri finalidagi raqibi angliyalik Alfi Devis bo'ladi.
Oqshomning co-main event jangi ayollar o'ta engil vazn toifasida amerikalik xonimlar - Jena Bishop va Liz Karmush o'rtasida o'tkaziladi. Gran-prining uchinchi finalida esa amerikalik Jastin Vetcell va braziliyalik Marsirli Alves o'zaro to'qnash keladi.
PFL World Tournament 9 to'liq kardi:
Asosiy janglar
Gadji Rabadanov – Alfi Devis – engil vazn final jangi
Jena Bishop – Liz Karmush – ayollar o'rtasida o'ta engil vazn final jangi
Marsirli Alves – Jastin Vetcell – o'ta engil vazn final jangi
Mads Bernell – Robert Uotli
Prelim kard janglari
Juliana Velaskes – Ekaterina SHakalova
Biadjio Ali Uolsh – (raqib hali tasdiqlanmagan)
Sabrina De Souza – Saray Orozko
Renat Xavalov – Vilson Ndregyoni
CHelsi Xekett – Eshli Tiner
Fikrlar