So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

30 may 14:23
Yangiliklar

Taekvondo

Deputat O'zbekiston taekvondo ITF Milliy associaciyasiga vice-prezident etib saylandi

O'zbekiston taekvondo ITF Milliy associaciyasiga yangi vice-prezident saylandi.

O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ham aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini ommalashtirish, unut bo'lib borayotgan milliy sport o'yinlarini qayta tiklash, ular asosida sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va ananalarimizga hurmat tuyg'usini shakllantirish borasida bir qator ibratli ishlar amalga oshirib kelinyapti.

Ushbu yo'nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida partiyaning Toshkent shahar kengashi hamda O'zbekiston taekvondo ITF milliy associaciyasi o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Memorandumni imzolashdan ko'zlangan asosiy maqsad – aholi, xususan, yoshlar o'rtasida taekvondo ITF sport turini ommalashtirish, zararli odatlardan voz kechish, xotin-qizlar o'rtasida “Sog'lom turmush tarzi” sport musobaqalarini tashkil etish borasidagi ishlarni hamkorlikda amalga oshirishdan iborat.

O'zMTDP Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboev O'zbekiston taekvondo ITF milliy associaciyasiga vice-prezident etib saylandi.

O'zbekiston taekvondo ITF milliy associaciyasi bilan imzolangan Memorandum asosida hamkorlikda o'tkaziladigan tadbirlar, sport musobaqalari yurtimizda ushbu sport turining yanada rivojlanishiga hissa qo'shishi shubhasiz.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing