04 iyu 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Usikning jamoasida Fyurining uchinchi jang haqidagi so'zlariga munosabat bildirishdi
Aleksandr Usikning menejeri Sergey Lapin Tayson Fyurining gaplariga munosabat bildirdi.
Avvalroq Fyuri 2026 yil 18 aprel kuni ukrainalik bokschi bilan uchinchi jangga tayyor ekanini malum qilgandi.
"Fyuri bilan uchinchi jang g'oyasi ikkinchi jangdan keyinoq jamoalarimiz o'rtasida muhokama qilingan. Men hech qachon buni amalga oshira olmasligimizga shubha qilmaganman. Hozircha Aleksandr Usik va butun jamoamiz 19 iyul kuni Dyubuaga qarshi bo'ladigan jang va tarixiy maqsad — uch karra mutlaq chempionlikka erishishga to'liq etibor qaratgan. Bu maqsadga erishilgandan keyin, vaziyat tinchigach, keyingi bosqich uchun ochiq bo'lamiz", — dedi Lapin.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar