So’nggi yangiliklar

10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0 07:01Фомин Грециядаги "Челленжер"ни илк босқичдаёқ тарк этди 0 20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0

04 iyu 14:41
Yangiliklar

Futbol

Bugun Mirabror Usmonov hayot bo'lganida 78 yoshini qarshi olar edi

Teglar :  Mirabror Usmonov
Bugun o'zbek sport va futboli rivojiga ulkan hissa qo'shgan, tabir joiz bo'lsa bugungi muvaffaqiyatlarimiz asoschisi Mirabror Usmonov tavallud topgan kun.

Mirabror Zufarovich Usmonov - 1947 yilning 4 iyul sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan. Samarqand kooperativ institutini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. 

Vikipediyadagi malumotlarga tayanadigan bo'lsak, 1961-1967 yillar davomida Toshkentdagi "Bahor" restoranida oshpaz, 1970 yilda "Guliston" restoranida ishlab chiqarish bo'yicha boshliq lavozimida faoliyat yuritgan. 

1970-1986 yillarda "Do'stlik" va "Zarafshon" restoranlari direktori, Toshkent restoranlari tresti direktori, 1986-1990 yillar oralig'ida Toshkent shahri umumiy ovqatlanish ijroqo'mi boshlig'i bo'lib ishlagan. 

1990-1992 yillarda O'zbekiston Respublikasi savdo vaziri, 1992-1994 yillarda esa "O'zbeksavdo" kompaniyasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan. 

Qayd etish lozimki, Mirabror Usmonov davrida o'zbek sporti infratuzilmasi sezilarli ravishda o'sishga erishdi. 

Mirabror Zufarovich umri davomida bir nechta sport inshootlari qurilishi, jumladan "O'zbekiston" sport majmuasi, Suv sport saroyi, Gimnastika majmuasi, Milliy olimpiya qo'mitasi binosi, Farg'onadagi "Istiqlol" stadioni, Nukusdagi "Turon" stadioni, Buxorodagi "Buxoro" stadioni qurilishida jonbozlik ko'rsatgan. Bugungi kunda oddiygina stadionlar maysasini yangilash masalalari qay darajada qiyin ekanligini ko'rar ekanmiz, yuqoridagi sport inshootlarining barpo etilishi u kishining o'zbek sporti rivojiga qay darajada hissa qo'shganligini isbotlab turibdi. 

SHuningdek, Mirabror Usmonov MOQ prezidenti bo'lgan davrda O'zbekiston uchun Olimpiya o'yinlari tarixidagi rekord natija qayd etilgan. Sportchilarimiz Rio Olimpiadasida 13 ta medal qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 21-o'rinni egallagani ham Usmonov boshlab bergan islohotlarning mevasidir! 

Bundan tashqari, Mirabror Usmonov davrida o'zbek klublari Osiyo chempionlar ligasi uchun 4 ta kvotaga ega bo'lishdi. Jamoalarimiz OCHLning yarim final bosqichiga qadar etib bordi. 

Usmonov hayotda ham oliyjanob inson edi. Insonlarga hamisha qo'lidan kelganicha yordam bergan. Bu haqda ortiq gapirmasa ham, buni ko'pchilik juda yaxshi biladi. Poytaxtimizdagi mahobatli "Minor" masjidi aynan Mirabror Usmonov tomonidan bunyod etilgan.

2010 yil Toshkentda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati finalidan so'ng


Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Al Sabax poytaxtimizda


Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax bilan


"Paxtakor" stadioni rekonstrukciyasi oldidan


Stadionning "VIP" lojasi bitgandan so'ng


O'zbekiston FIFAning "Feyr Pley" ("Halol o'yin") sovrinini ham aynan Mirabror Usmonov davrida qo'lga kiritgan


"Bunyodkor" (hozirda "Milliy") stadioni qurilishi chog'ida Zepp Blatter bilan birga


Sportchilarimiz (Bektemir Meliqo'ziev)ni taqdirlash jarayonida


Jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu yurtimizda


XOQ rahbari Tomas Bax bilan birga


Bu suratga ortiqcha izoh shart bo'lmasa kerak


Oxiratingiz obod bo'lsin!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing