So’nggi yangiliklar

18:48Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер 0 18:24"UFC'дагилар Анкалаев ютқазишини сўраб илтижо қилиб ўтиришганди" - менежер 0 18:06Усик бугунги куннинг энг кучли боксчиси кимлигини айтди 0 17:45Холлоуэй: "Иккита трилогияда 0:3 ҳисобида ютқазган спортчи бўлишни хоҳламайман" 0 17:24Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди 0 17:03Усик ўз фаолиятидаги 5 та асосий воқеани санаб берди 0 16:42"Нима учун йўқ?". Менежер Махачевнинг Топурияга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 16:21"Делла Маддалена — Махачевнинг фаолиятидаги энг қийин рақиб" 0 16:00МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди 0 15:39"Забит ММАга қизиқмай қўйди" - Абдел-Азиз 0 15:18Наоя Иноуэ - Муроджон Аҳмадалиев оқшоми чипталари сотувга чиқди 0 14:57Дана Уайт: "Оқ уйдаги UFC турнирини Трампнинг қизи Иванка ташкил қиляпти" 0 14:36Месси 6 ўйинда 11 та гол урди 0 14:15Эдди Хирн Жейк Пол ва Энтони Жошуа ўртасидаги эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 13:54ESPN Espy "Йилнинг энг яхши жангчиси"ни аниқлади. У Махачев ёки Топурия эмас! 0

30 okt 20:46
Yangiliklar

Dzyudo

Diyora va Dilshodbek Jahon chempionatining oltin medali sohiblari

Franciya poytaxti Parij shahri bugundan 4 noyabrgacha Harbiylar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

O'z tarixida yubiley 40-marotaba tashkil etilayotgan musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Bugun jahon chempionatining birinchi kungi bellashuvlari terma jamoamiz uchun omadli keldi. Diyora Keldiyorova va Dilshodbek Baratov o'z vazn toifalarida oltin medalni qo'lga kiritishdi. 

-52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan kadetlar o'rtasida jahon chempioni Diyora Keldiyorova endi harbiylar o'rtasida ham jahon chempioniga aylandi. U to'g'ridan-to'g'ri yarim finaldan bahslarga qo'shildi. Bu bosqichda franciyalik CHeyenne Munierni, finalda esa yana bir mezbonlar vakilasi Julie Veyll Dit Moreyni mag'lubiyatga uchratdi. 

Erkaklar o'rtasidagi musobaqaning -60 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida tatamiga chiqqan Dilshodbek Baratov avstriyalik Daniel Leutgeb, eronlik Muhammad Hoseyn, finalda esa franciyalik Jolan Florimontdan ustun keldi va shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. 

SHuningdek, bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz azolaridan SHavkat Saitkulov, Artyom SHturbabin (ikkisi ham -66 kg), Obidxon Nomonov (-73 kg) va SHukurjon Aminova (-57 kg) ham medallar uchun kurash olib borishdi. Ammo ulardan bu safar omad yuz o'girdi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing