So’nggi yangiliklar

03:05UFC AbuDhabi. Богдан Гусковда нокаутли ғалаба, Алмабаев ҳам ютди ва турнирнинг барча натижалари битта саҳифада 0 03:02Сенсация?! Уиттакер UFC on ABC 9 турнирининг марказий жангида имкониятни бой берди 0 02:11Тажриба ўз сўзини айтди: Петр Ян Макгига имкон қолдирмади 0 01:34UFC on ABC 9. Шара Буллет навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 01:01Рамазон Темиров билан жанг қилиши керак бўлган Асу Алмабаев навбатдаги ғалабасини қўлга киритди 0 00:34Богдан Гусков нокаутдан сўнг: "Буни амалга ошира олишимни билардим" 0 00:23Богдан Гусков UFC'да навбатдаги жангини ўтказди, баҳс биринчи раунддаёқ якунланди 0 18:39Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..." 0 18:17Жаҳон чемпионати. Волейболчиларимиз Пуэрто-Рикони мағлуб этишди 0 17:57Профессионал боксчи Жамшид Нажмиддинов "Octagon 76" турнирида жанг қилди 0 17:36Пимблетт нима учун Царукян билан жанг қилмоқчи эмаслигини тушунтирди 0 17:15Қозоғистонлик теннис маликаси АҚШ пойтахтидаги турнирда 1/2 финалга чиқди 0 16:54"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин 0 16:33Илия Топурия қандай ҳолатда Маддалена билан жанг қилишини айтди 0 16:12Ўзбекистон крикет федерацияси Осиё крикет Кенгаши аъзолигига расман қабул қилинди 0

13 fev 07:44
Yangiliklar

Boks/MMA

Dmitriy Bivol nima uchun jangiga tayyorgarlikni O'zbekistonda olib borishini aytdi

Teglar :  Dmitriy Bivol
Yarimog'ir vazn toifasida WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol kecha O'zbekistonga etib keldi va keyingi uch hafta davomida yurtimizda tayyorgarlik olib boradi.

"Biz bu erda 3 haftalik o'quv-yig'in mashg'ulotini o'tkazamiz. Yangiobod shaharchasida yaxshi baza bor va u erning iqlimi biz uchun maqul. Bu erda yaxshi bokschilar bor va menimcha, tayyorgarlik yaxshi bo'ladi. Keyingi jangimni may oyida o'tkazmoqchiman, hozircha aniq raqibim yo'q. Biroq muzokaralar davom etmoqda. Bu erda asosan jismoniy tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Biz bu erda og'ir vaznli bokschilar bilan birga ishlaymiz, qiyin o'quv-yig'in mashg'ulotlari bo'lib o'tadi", - dedi Bivol.

- Nega aynan O'zbekistonda o'quv-yig'in mashg'uloti tashkil etishga qaror qildingiz?

- Bu erdagi do'stlarimiz bizga O'zbekistonda yaxshi baza borligini aytishdi. Tog' bag'rida olib boriladigan tayyorgarliklar sog'liq uchun ancha foydali bo'ladi.

- Keyingi raqibingiz Saul Alvares bo'lish ehtimoli bor. Bu haqida qanday fikr bildira olasiz?

- Hozircha ularning qarorini kutyapmiz. Biz bu jangga rozilik berganmiz. Ularning rejalari ko'p va biz ularning yakuniy qarorini kutishga majburmiz. Unga qarshi jang qilmagan taqdirimda ham men may oyida bari bir ringga ko'tarilaman.

- Artur Beterbievchi?

- Uning navbatdagi raqibi deyarli malum. U Jo Smit bilan kelishuvga erishgan. SHu sababli ham bu jang hozircha bo'lmaydi.


Intervyuning video variantini va bokschini kutib olish jarayonini tomosha qiling

Reyting: +4   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing