26 iyu 16:12
Yangiliklar

O'zbekiston kriket federaciyasi Osiyo kriket Kengashi azoligiga rasman qabul qilindi
SHuningdek, mazkur Kongressda kriket bo'yicha bajarilayotgan ishlar sarhisob qilindi. Kongress reglamentiga muvofiq, asosan kriket rivojlanayotgan mamlakatlarning Osiyo kriket kengashiga azolik masalalari muhokama qilindi.
Ushbu Kongressga rasman taklif qilingan O'zbekiston kriket federaciyasi raisi Aziz Mixliev ham tadirda ishtirok etib, O'zbekistonda tobora rivojlanib borayotgan kriket sport turining bugungi muvaffaqiyatlari xususida malumot berdi.
Quvonarlisi, O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan Osiyo kriket Kengashiga azolik uchun yo'llagan arizasini kengash azolari ijobiy ko'rib chiqishdi va Osiyo kriket Kengashiga yangi azo sifatida rasman qabul qilindi.
SHuningdek, avgust oyida OKK azolari mamlakatimizga tashrif buyurishi va O'KF faoliyati bilan yaqindan tanishish niyatida ekanligini malum qildi.
O'KF matbuot matbuot kotibi Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar