27 iyu 03:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Sensaciya?! Uittaker UFC on ABC 9 turnirining markaziy jangida imkoniyatni boy berdi
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida joylashgan Etihad Arena majmuasida aralash yakka kurashlar bo'yicha navbatdagi UFC turniri o'tkazildi.
Musobaqaning markaziy bahsi o'rta vazn toifasi reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan avstraliyalik Robert Uittaker hamda 13-pog'onadagi Niderlandiya vakili Rene de Ridder o'rtasida kechdi.
5 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Unda anderdog sifatida ko'rilgan Rene de Ridder ochkolar hisobiga ko'ra g'alabani o'ziniki qildi.
Bu jang orqali Rene faoliyatidagi 21-g'alabasini nishonlagan bo'lsa, Robert 9-mag'lubiyatini qabul qilishga majbur.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar