09 iyu 14:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivolning menejeri: "Beterbiev bilan trilogiya 2026 yilga qoldirilishi mumkin"
Rossiyalik bokschi Dmitriy Bivolning menejeri Vadim Kornilov Artur Beterbiev bilan trilogiya haqidagi malumotga izoh berdi.
Avvalroq, rus bokschilari o'rtasidagi uchinchi chempionlik jangi 2026 yilda o'tkazilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Men bu haqda eshitdim. Lekin to'g'risini aytsam, aniq bir narsa deya olmayman. Jang keyingi yilga ko'chirilishi ehtimoli katta, ammo biz haligacha rejalarimiz ustida ishlayapmiz", deydi Kornilov.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev va Bivol o'rtasidagi revansh jangi 2025 yilning fevral oyida Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) bo'lib o'tgandi. Ushbu jangda Dmitriy ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozonib, mutlaq jahon chempioniga aylangandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar