26 iyu 18:17
Yangiliklar
Voleybol

Jahon chempionati. Voleybolchilarimiz Puerto-Rikoni mag'lub etishdi
Toshkent shahrida voleybol bo'yicha U-19 Jahon chempionati davom etmoqda.
O'zbekiston terma jamoasi vakillari guruhdagi 3-o'yinda Puerto Rikoga qarshi bahs olib borishdi va 3:0 (25:18, 25:21, 25:14) hisoblarida g'alaba qozonishdi.
Bungacha vakillarimiz Turkiyani 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, Pokistonga 0:3 hisobida yutqazishgandi.
Endi vakillarimiz 28 iyul kuni Argentina bilan, 29 iyul kuni esa Belgiyaga qarshi bahs olib boradilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar