So’nggi yangiliklar

08:46"Конор бўлмаганида Хабиб дунё юлдузига айланмаган бўларди" - Кормье 0 08:25Almaty Cadets Asian Cups 2025. Иккинчи кун 13 та медаль қўлга киритдик 0 08:04Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб этиб, 1/2 финалга йўл олди + ВИДЕО 0 07:43Илия Топурия: "Махачев уни "ухлатиб" қўйишимни биляпти. Хабиб ҳам буни тушунади" 0 07:22Гусков билан жанг қиладиган Криловнинг мураббийи: "У Богдан Гусков билан жангни бизнинг розилигимизсиз қабул қилди" 0 07:01Таэквондочиларимиз Кореяда ўтказиладиган учта халқаро турнирда иштирок этади 0 19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0

06 iyu 20:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Dubaydagi vatandosh: "Ditto". Bokschilarimiz bilan uchrashuv, sportchilarni qo'llab-quvvatlash va o'sha erdagi biznes haqida

Teglar :  Osiyo chempionati
Bundan bir necha kun oldin Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi.

Ushbu musobaqada o'zbekistonlik bokschilar ajoyib natijalarni qayd etishdi. Ammo bu safargi maqolamiz bokschilar haqida emas, ayni paytda Dubayda yashab, istiqomat qilayotgan hamyurtimiz, Instagramda "Ditto" taxallusi bilan mashhur bloger Dilshod Umirov bilan bo'ladi. 

Dilshodbek Dubayda o'tkazilgan Osiyo chempionati vaqtida muntazam ravishda bokschilarimizni qo'llab-quvvatladi. Bloger bilan yaqindan tanishish maqsadida intervyu tashkil etdik. 


- Sizni Instagramda mashhur "Ditto" nomi ostida taniymiz. O'zingizni batafsil tanishtira olasizmi?

- Men 1984 yil 6 avgustda Toshkent viloyati Bo'ka tumanida tug'ilganman. Onam o'qituvchi, otam umumiy ovqatlanish rahbari bo'lib faoliyat olib borganlar. Bo'kani o'zida joylashgan maktabda o'qiganman, keyin Toshkentga yo'l olganman. Toshkentda iqtisodiyot kollejida, keyin esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olganman. Ammo universitetni bitirgach, o'z sohamda ishlamaganman. Biznes va sportga qiziqqanim uchun o'zimni biznes sohasida sinib ko'rdim. O'z vaqtida Toshkentda joylashgan "Parkent bozori"da ishlaganman, tirikchiliklar qilganman. 2013 yil bir marta Dubayga kelib aylanganman, 2014 yilda esa ishlashga, oldimga maqsad qo'yib kelganman. 



- Dubayda o'tkazilgan Osiyo chempionatida bokschilarimizni faol tarzda qo'llab-quvvatladingiz. Buning uchun sizga katta rahmat. Siz boksga qiziqqaningiz uchun bokschilarimiz oldiga borib turdingizmi? BAAda faoliyat olib borayotgan boshqa sportchilarimiz bilan ham uchrashib turasizmi?

- Bokschilarga yordam berishim sababi, o'zim sportchi bo'lganman, yig'inlarda qatnashganman. sportchilarni bunday musobaqalarda qo'llab-quvvatlash katta rol o'ynaydi. Qo'ldan kelgancha bokschi ukalarimizni qo'llab-quvvatladik. Ishonamanki, bokschilarimiz bundan keyin ham yaxshi natijalarni ko'rsatishda davom etishadi. Boshqa sportchilarni ham yaxshi taniyman, o'zbek sportchilari bilan uchrashib turaman. Nafaqat o'zbek, balki Tojikiston, Dog'istondan ham sportchi yigitlar bilan ahilmiz. 



- Dubayga qachon va qanday qilib kelib qolgansiz?

- 2013 yilda ilk marotaba bu erga aylangani kelganman. Keyin esa 2014 yilda ishlash maqsadida kelganman, o'shanda yonimda 100 dollar pulim bo'lgandi. Keyin harakat qila boshlaganman. O'z vaqtida avtomobil ichida, masjidda uxlaganman. Aeroportda bir muddat telefon sotib tirikchilik qilganman. 


- Xorijdan kelib bu erda muntazam ravishda yashash uchun albatta daromad manbai bo'lishi lozim. Sir bo'lmasa sizda bu qanaqa? 

- Hozirda sport zalim bor, o'zimga o'xshagan ikki yaqin sportchi do'stim bilan ochganman. Xorij mamlakat fuqarolari, lekin yaxshi insonlar. Bir-birimizga doim yordam beramiz. Zalimizning nomi "Top Gym". SHuningdek ozgina uy va avtomobil biznesi bilan shug'ullanib turaman.  


- Oxirgi marta qachon O'zbekistonga bordingiz?

- 2015 yil borganman. Xudo xohlasa bu yil O'zbekistonga bormoqchiman. CHoyxonalarni, onam tayyorlagan ovqatlarni sog'indim. 


- Bokschilarimizdan Olimpiada vaqtida qanday natijalar kutmoqdasiz?

- Ukalarimizga Olimpiya o'yinlarida omad tilayman. Qizlarimiz ham, yigitlarimiz ham yaqinlashib kelayotgan Olimpiadadan ko'plab medallar bilan qaytishsin. Barchaga omad. Etiboringiz uchun rahmat.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing