So’nggi yangiliklar

18:39Исраэль Адесанья кейинги жангини қачон ва кимга қарши ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:17"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди 0 17:52"Жонсни қочди деб ўйламайман, у шунчаки ММАдан кетмоқчи эди" - Илия Топурия 0 17:25Андижонда Ўзбекистон кубоги якунланди, сўнгги кун оғир вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТО 0 17:01Махачев ўзи ҳақиқатдан ҳам ҳурмат қиладиган икки рақибни айтди — у Царукян ва Оливейра эмас 0 16:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади 0 16:16"У албатта қайтади". Собиқ чемпион Жон Жонснинг кетганига ишонмайди 0 15:52Илия Топурия қайси рақибни ўзига муносиб деб ҳисоблашини айтди 0 15:29UzChess Cup сўнгги тури якунланди. Уч шахматчи бир хил очко жамғарди. Энди нима бўлади? 0 15:20"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин 0 14:59Қозоғистон бокс терма жамоаси Головкиннинг мураббийини ортга қайтарди 0 14:38Эркин курашчиларимиз U-17 Осиё чемпионатини кучли учликда якунлади 0 14:17Шаҳрам Ғиёсов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўриндан жой олди? 0 13:56"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин 0 13:35Жейк Пол: "WBA ва WBC мени рейтингга киритиш устида ишламоқда" 0

10 noy 09:07
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo afsonasi Ilias Iliadisni tabriklaymiz!

Bugun afsonaviy dzyudochi, dunyoning eng yosh (17 yosh) Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni, ko'plab "Masters", "Katta Dubulg'a" va Gran-pri turnirlari g'olib va sovrindori, O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Ilias Iliadis o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ilias Iliadis 1986 yil 10 noyabr kuni Gruziyaning Axmeta shahrida grek oilasida tavallud topgan. 2004 yil Afinada o'tkazilgan yozgi Olimpiya o'yinlarida -81 kilogramm vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritib, dzyudo tarixida eng yosh (17 yosh) Olimpiada chempioniga aylangan. 

London-2012 Olimpiadasi bronza medali sohibi. Tokio (2010), Parij (2011) va CHelyabinsk (2014)da o'tgan jahon chempionatlari g'olibi. 

SHuningdek, jahon chempionatlarining 2 karra kumush va 1 bor bronza medali sovrindori. Pekin-2008 yozgi Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida Greciya terma jamoasining bayroqdori bo'lgan.

"O'zbekistonda davlat rahbarining sportga qaratayotgan etiborini alohida aytib o'tmoqchiman. Olimpiada ciklida mamlakat Prezidentining qo'llab-quvvatlashi sportchiga juda katta kuch beradi. Faoliyatim davomida ko'p davlatlarda bo'ldim. Lekin O'zbekistondagidek sharoitni hech qaerda uchratganim yo'q. SHu jihat meni bu mamlakatda ishlashimga undadi va ko'plab davlatlar orasidan O'zbekistonni tanladim. O'zbek dzyudosi haqida butun dunyo biladi. Bu erdan ko'p karra Olimpiada sovrindorlari, jahon chempioni bo'lgan Abdullo Tangriev, Rishod Sobirov kabi afsonaviy dzyudochilar chiqqan. O'zbekistonda o'ziga xos dzyudo ananasi bor. Bu jamoaga murabbiy bo'lib kelish men uchun katta sharaf. Endi men bu ananani davom ettirishim kerak", - degandi Iliadis. 

Fursatdan foydalanib, murabbiylar, hakamlar, dzyudochilar, umuman katta o'zbek dzyudosi oilasi nomidan terma jamoamiz bosh murabbiyi Ilias Iliadisni bugungi tavallad kuni bilan muborakbod etamiz. Unga avvalo sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, O'zbekiston terma jamoasi bilan Tokio Olimpiadasida tarixiy natijalarni ko'rsatishini tilaymiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing