07 iyu 10:11
Yangiliklar

Davlat Bobonovni tabriklaymiz!
Bugun dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, O'zbekistonning 2020 yildagi eng yaxshi sportchisi, Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni va Osiyo chempioni, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi Davlat Bobonov bugun o'z tavallud kunini nishonlamoqda.
Davlat Bobonov bir sportchi orzusidagi barcha musobaqalar medallarini qo'lga kiritib ulgurgan. So'nggi paytlarda jarohatlar uni sevimli sport turidan uzoqlashtirdi. Lekin u albatta hali yana kuchli bo'lib qaytadi.
Saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari nomidan Davlat Bobonovni bugungi unutilmas kun bilan muborakbod etamiz. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik, yana uzoq yillar o'zbek sporti. xususan dzyudosi muxlislarini o'z g'alabalari bilan xursand qilib yurishini tilaymiz.
Fikrlar