So’nggi yangiliklar

23:00Азамат Нуфтиллаев камар соҳиби бўлди, "Сатурн"да рақиб ўзгарди ва "Octagon 75" турнирининг барча натижалари 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

10 iyu 12:40
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo bo'yicha Olimpiada licenziantlari va ularning murabbiylari taqdirlandi + FOTO

Teglar :  Dzyudo
Ayni daqiqalarda Turizm va sport vazirligida Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan dzyudochilar hamda ularning murabiylarlarini taqdirlash marosimi yakuniga etib bormoqda.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvahitov, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov, federaciya mutasaddilari, dzyudochilar, ularning ota onalari, murabbiylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. 

Dastlab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvahitov dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Gulnoza Matniyozovani mukofotlash to'g'risidagi Prezident Farmonini o'qib eshittirdi hamda yuksak davlat mukofoti - «SHuhrat» medalini sportchimizga topshirdi.

Tantanali marosimda XXXII yozgi olimpiya o'yinlarining 10 nafar (7 erkak, 3 ayol) litsenzianti hamda ularning murabbiylariga bir martalik pul mukofotlari topshirildi. Dzyudochilar 100 mln, ularning murabbiylari 50 mln so'mlik sertifikatlarni qabul qilib olishdi. Dzyudochilar nomidan so'zga chiqqan Davlat Bobonov, Gulnoza Matniyazova, terma jamoa murabbiyi O'ktam Rahmonov bildirilgan yuksak ishonchni oqlash uchun Olimpiadada bor imkoniyatlarini ishga solishga vada berishdi.     

Malumot uchun, O'zbekiston dzyudosi tarixida ilk bor terma jamoamizning 10 nafar azosi Olimpiadada yurtimiz sharafini himoya qiladi. SHuningdek, jamoaviy mikst bahslarida ham ilk bor ishtirok etamiz. Terma jamoamiz delegaciyasi ertaga Yaponiyaning Maydzuru shahriga jo'nab ketadi. Olimpiadaga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi aynan Kunchiqar yurtda o'tkaziladi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

   
10 iyu 13:18:44
Doniyor Usanov
Iliadis yuq?
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing