So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

15 iyu 10:02
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo. Hafta qahramonlari Toshkentda tantanali ravishda kutib olindi + FOTO

Teglar :  DzyudoKutib olish
7-13 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi yurtimizga qaytib keldi.

Yarim tun bo'lishiga qaramay, hafta qahramonlarini kutib olish uchun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston Turizm va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, mamlakat dzyudo federaciyasi mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, dzyudochilarning oila azolari va keng sport jamoatchiligi hozir bo'ldi. Jahon chempionati sovrindorlariga zarbop to'n va anvoyi gullar taqdim etildi. 

Eslatib o'tamiz, dunyoning 118 davlatidan sara dzyudochilar qatnashgan musobaqaning yakkalik bahslarida Davlat Bobonov (-90 kg) kumush medal bilan birga Tokio Olimpiadasiga qimmatli 1400 reyting ochkosini qo'lga kiritdi. Yakunda O'zbekiston terma jamoasi 118 davlat orasida 13-o'rinni egalladi. Mikst, yani aralash jamoaviy bellashuvlarda ishtirok etgan terma jamoamiz ilk bor jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi. Jamoamizning yosh dzyudochilar bilan qatnashganini inobatga olsak, bu ijobiy natija ekani oydinlashadi.


Suratlar muallifi: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing