So’nggi yangiliklar

19:12Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди 0 18:51Азамат Нуфтиллаевнинг жанги чемпионлик камари учун бўлади 0 18:30"UzChessCup" ғолиб ва совриндорлари мусобақа орқали қанча пулга эга чиқишди? 0 18:07Ишониш қийин: Жейк Пол бугун рақибига нисбатан камроқ пул ишлаб олди 0 17:46Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас" 0 17:25Царукян: "Оливейра титул учун жанг қилишга нолойиқ эди" 0 17:03Илк бор академик эшкак эшувчимиз Жаҳон кубогида шоҳсупага кўтарилди 0 16:42Қозоғистон ўз уйида ўтадиган Жаҳон кубоги учун таркибларини эълон қилди 0 16:21Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин 0 15:59Арман Царукян UFC раҳбарияти қароридан норози 0 15:38Уайт Махачев - Маддалена жанги қаерда ўтказилишини айтди 0 15:16Пантожа: "P4P рейтингида юқорироқ ўринга муносибман" 0 14:52Царукян: "Мен Топурияни финиш қила оламан" 0 14:28МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди 0 14:06Царукян енгил вазнда навбатдаги даъвогар бўладими? Дана Уайт жавоб берди 0

30 mar 12:39
Yangiliklar

Futbol

Eldor SHomurodov: "Bunday o'yin bilan rasmiy o'yinlarda nimadir ko'rsatish qiyinligini hamma tushunib turibdi"

O'zbekiston - Iroq (0:1) uchrashuvidan keyin terma jamoamiz hujumchisi Eldor SHomurodov mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida...
- O'ylashimcha etarlicha vaziyat qildik ammo foydalana olmadik. Anchadan buyon birga yig'ilmagandik, bu jamoaviy o'yin tomonlama sezildi. Saudiya Arabistonida bo'ladigan o'yinlardan oldin bu bizga o'ziga xos dars bo'ldi. Bunday o'yin bilan rasmiy o'yinlarda nimadir ko'rsatish qiyinligini hamma tushunib turibdi. Lekin, xudo xohlasa saralash bahslarida hammasi boshqacha bo'ladi va o'yinimiz yaxshi tomonga o'zgaradi.

- Iroq futbolchilarining vaqt cho'zishi ham mag'lubiyatga sabab bo'ldimi?

- Arab jamoalariga qarshi o'yinlarda vaqt cho'zilishiga doim tayyor turish kerak. Bu biz uchun yangilik bo'lmadi.

- Ikkita o'yinda ham oldingi Eldor SHomurodovni ko'rmadik. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Doim bahona qilish noto'g'ri bo'ladi. Mendan ko'p narsa kutishmoqda. Rasmiy o'yinlarda xudo xohlasa o'zimni yaxshi tomonlama ko'rsatishga urinaman.

- Bir yo'la uch himoyachi sizni qo'riqladi...

- Uch himoyachi qo'riqlasa ham vaziyatlar bo'ldi, shunchaki gol ura olmadik.

- "Jenoa" asosan ikkita hujumchi bilan o'ynaydi. Siz asosan orqaroqda o'ynaysiz. Terma jamoa ham shunday bo'lsa Sergeev yoki Ubaydullaev siz bilan tandem bo'lsa yaxshi emasmi?

- Bugun ham etibor bergan bo'lsangiz ikki hujumchi bilan o'ynadik. Men oldinda, Oston O'runov orqaroqda harakat qildi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing