So’nggi yangiliklar

09:48Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин 0 09:27Уимблдон. Алькараснинг ғалабали серияси 24 тага етди ва у финалда! 0 09:06Бугун дзюдочиларимиз Junior European Cup 2025`даги иштироклари бошлашади (Қуръа натижалари) 0 08:45"World Taekwondo Diamond Games": Бугун икки таркибимиз медаллар учун курашади 0 08:24Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди 0 08:03Рамзан Қодиров АСА лигаси Шон-шуҳрат Залига қабул қилинди + ФОТО 0 07:42Сергей Фомин биринчи ракеткага қарши уч сетлик ўйин ўтказди 0 19:02Дана Уайт қайси жанг Оқ уйдаги UFC турнирининг асосий тўқнашуви бўлишини айтди 0 18:39"Марадона билан бир неча маротаба тўқнаш келганман. Даражаси сезилиб турарди". Сречко Катанец билан суҳбатнинг сўнгги ва энг қизиқарли қисми! 0 18:18UFC президенти Хабиб - Макгрегор жангига тенглашадиган қарама-қаршилик қайси эканлигини айтди 0 17:52UFC 44 ёшли жангчиси билан шартномани бекор қилди 0 17:25Жон Жонс UFCнинг Оқ уйдаги турнири ҳақида: "Мотивация керак эди — топдим. Машғулотларга қайтдим" 0 17:02"Реал" футболчисини Ла Лига клубига сотади 0 16:38Дана Уайт Топурия нима билан ҳайрон қолдирганини айтди 0 16:16Ўқ отувчи Владимир Свечников Венгриядаги турнирда тенгсиз бўлди 0

17 okt 16:34
Yangiliklar

Og'ir atletika

Farg'onada 17 tonnalik MAN yuk avtomobilini 15 metr masofaga tortishdi

Unda mamlakatimizning barcha hududlari, shuningdek Rossiya Federaciyasi, Tojikiston va Qirg'izistondan jami 468 nafar polvon ishtirok etdi.

Farg'onadagi ko'p tarmoqli «Samo» sport majmuasida Turizm va sport vazirligi, Farg'ona viloyati hokimligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Kasaba uyushmalari federaciyasi, Milliy Paralimpiya qo'mitasi, O'zbekiston sport tashkilotlari faxriylar kengashi hamda bir qator sport federaciyalari bilan hamkorlikda o'zbek milliy o'yinlarining faol targ'ibotchisi, taniqli polvon To'lanboy Qurbonov xotirasiga bag'ishlab uch avlod vakillari o'rtasida tosh ko'tarish va bahodirlar o'yinlari bo'yicha ochiq xalqaro turnir tashkil etildi.

Musobaqaning ochilish marosimida Respublikamiz hududida istiqomat qilayotgan 76 nafar faxriy polvonlar, 152 nafar sport faxriylari ishtirok etdi. Tadbirda Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Xurshid Ahmedov, O'zbekiston etnosport associaciyasi raisi Oybek Norinboev, O'zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va boshqalar so'zga chiqishdi. 

SHu erda Respublikamizdagi polvon va dorbozlar guruhlarida faoliyat ko'rsatgan 35 nafar polvonga «O'zbekiston sport faxriysi» ko'krak nishoni topshirildi.

Xalqaro turnir 3 ta guruhda tashkil etildi. Bahodirlar o'yinlari va tosh ko'tarish musobaqasi qatnashchilari katta vazndagi yuklar, mashinalarni ko'tarish va tortish, dorbozlar guruhlarining o'zbek polvonlari o'rtasida yosh toifalari bo'yicha tosh ko'tarish, nayza otish, kamondan otish musobaqalarida ishtirok etishdi.

17 tonnalik «MAN» yuk avtomobilini 15 metr masofaga torta olgan Surxondaryo viloyatidan kelgan polvon Dilmurod Qurbonov muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi.

Xalqaro turnir 8 ta yo'nalishda o'tkazilib, g'oliblar medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

   
17 okt 19:58:44
Umid
Juda ajoyib musoboqa buldi
   
17 okt 17:48:13
Mironsho Jabborov
Bu "MAN" emas, bu yuk mashinani nomi "VOLVO"
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing