11 iyu 16:16
Yangiliklar
O'q otish

O'q otuvchi Vladimir Svechnikov Vengriyadagi turnirda tengsiz bo'ldi
Budapesht shahrida o'q otish bo'yicha xalqaro musobaqa o'tkazilyapti.
Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Vladimir Svechnikov oltin medalga ega chiqdi.
Hamyurtimiz 10 metr masofadan to'pponchadan otish bahslarining saralash dasturida 588 ochko jamg'arib, eng yuqori ball bilan finalga yo'l oldi. Medallar uchun kurashda ham yuqori salohiyatini namoyish etib, musobaqaga g'olibiga aylandi.
1. Vladimir Svechnikov (O'zbekiston)
2. Atallah Alanazi (Saudiya Arabistoni)
3. Jonatan Guanji (Malayziya).
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar