12 iyu 09:27
Yangiliklar
Tennis

Uimbldon. Alkarasning g'alabali seriyasi 24 taga etdi va u finalda!
Londonda davom etayotgan tennis bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining erkaklar o'rtasidagi bahslarida finalchilar aniqlandi.
Birinchi yarim final juftligida dunyoning ikkinchi raketkasi Karlos Alkaras reytingning beshinchi pog'onasida borayotgan amerikalik Teylor Fricni to'rt set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 5/7, 6/3, 7/6(6). Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan uchinchi uchrashuvi bo'ldi - 3:0.
Ikki soatu 51 daqiqa davom etgan bahsda Alkaras 13, Fric 19 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Karlosning g'alabali seriyasi 24 ta uchrashuvga etdi. U qatoriga uchinchi yil ham Uimbldon turniri bosh sovrini uchun kortga chiqadi. Alkarasning "Uimbldon"dagi g'alabali seriyasi 20 ta uchrashuvni tashkil qilmoqda.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar