11 iyu 17:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons UFCning Oq uydagi turniri haqida: "Motivaciya kerak edi - topdim. Mashg'ulotlarga qaytdim"
UFC sobiq chempioni Jon Jons Oq uyda bo'lib o'tishi kutilayotgan turnir haqida fikr bildirdi.
AQSH prezidenti Donald Tramp 2026 yilda AQSHning 250 yilligi munosabati bilan turnir tashkil qilishni rejalashtirayotganini aytgandi. Uning so'zlariga ko'ra, tadbirga 25 ming tomoshabin kelishi kutilayapti.
"Tramp 4 iyul kuni ertalab bayonot berdi. SHu kuni men UFC qarorgohiga qo'ng'iroq qildim. Buni izohsiz qoldiraman. Amerika! Oq uyda mamlakat sharafini himoya qilish kishining qonini qaynatadi.
Qanday kim bo'lishi ahamiyatsiz. Menga motivaciya kerak edi — topdim. Bu puldan ham muhimroq. Kelajak nima olib kelishini bilmayman, lekin Trampning gapini eshitgan zaxoti mashg'ulotlarga qaytdim", – deb yozdi Jons ijtimoiy tarmoqlarda.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar