11 iyu 19:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Dana Uayt qaysi jang Oq uydagi UFC turnirining asosiy to'qnashuvi bo'lishini aytdi
UFC prezidenti Dana Uayt Oq uyda bo'ladigan turnirning asosiy jangi qanday bo'lishini istashini aytdi.
"Jon Jons doping test sinovlari jarayoniga qaytdi. Kimdir qaytish yoki qaytmasligidan qati nazar, biz ajoyib kard tayyorlaymiz. Ammo orzudagi asosiy jang — bu Tom Aspinall va Jon Jons jangi", – dedi Uayt.
Uaytdan Konor MakGregorning turnirda qatnashishi mumkinligi haqida ham so'rashdi.
"Bu mumkin", – deb javob berdi u.
Hozircha rasman elon qilinmagan bo'lsa-da, ushbu turnir uchun oktagonni Oq uy atrofida qanday joylashtirish va tomoshabinlarni qanday tanlash masalalari ko'rib chiqilmoqda.
Havola :
Manba : The Nelk Boys
Fikrlar