So’nggi yangiliklar

20:11Ўзбекистон Осиё чемпионати 1/2 финалига чиқиш баробарида Жаҳон чемпионати йўлланмасини ҳам қўлга киритди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:43Тоғли Дукентда машғулотлар жадал суратда давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:22Миллий терма жамоамиз Мужу Гран-При Челленжерида иштирок этади 0 18:01Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади? 0 17:40Sinquefield Cup 2025. Нодирбек Абдусатторов яна очко олди 0 17:19Спорт вазири ўринбосари "Содиқ хизматлари учун" медали билан тақдирланди 0 16:58Нурсултон Рўзибоев Хамзат Чимаевнинг жамоасидаги машғулотлари ҳақида гапирди 0 16:37Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади 0 16:16Рамазон Темировнинг укаси ATFC турнирида жанг қилади 0 15:55Чунгвон Чой Бутунжаҳон таэквондо федерацияси Президентлигига ягона даъвогар сифатида кўрсатилди 0 15:34LFA билан шартнома имзолаган Азизбек Темиров кейинги жангини Тошкентда ўтказади 0 15:13Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди 0 14:52Исроил Мадримов: "Баҳона йўқ, ўша куни Ортис кучлироқ бўлганди" 0 14:31Бутунжаҳон ўсмирлар Олимпиадасида муваффақиятли иштирок этган шахматчиларимиз муносиб кутиб олинди 0 14:10IBF чемпиони Опетая оғир вазнга ўтиши мумкин 0

13 avg 23:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Fazliddin va SHahobiddinda nokaut, Abbosxon yutqazdi va jang oqshomining barcha natijalari bitta sahifada

Toshkent shahridagi "Humo Arena"da katta professional boks kechasi yakunlandi.

"Lift" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan jang oqshomi natijalaridan ushbu sahifa orqali xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi. 


Kechaning markaziy jangida Fazliddin G'oibnazarov venesuelalik Eyder Parraga qarshi jang qildi. 10 raundga mo'ljallangan jang 38 soniya ichida yakunlandi. Fazliddin birinchi raunddayoq kuchli zarbasi bilan raqibini nokautga uchratdi. 


Braziliyalik bokschi, Tokio Olimpiadasi chempioni Ebert Konsesao prof ringdagi debyutida nikaragualik Danni Mendozaga qarshi jang qildi va ikkinchi raundda nokaut evaziga g'alaba qozondi.  


SHahobiddin Zoirov 20 soniyada nikaragualik raqibini nokautga uchratdi. 


Ayni paytda kubalik Adier Errera va argentinalik Mauro Perouene o'rtasidagi 8 raundlik jang o'tkazilmoqda. Kubalik bokschida g'alaba.


Jang oqshomidan FOTOGALEREYA saytimizga joylashtirildi. 


Lazizbek Mullojonovning britaniyalik Bassetga qarshi jangi ikkinchi raundda yakunlandi. U raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi. Raqib sekundanti oq sochiq uloqtirdi. 


Mirazizbek Mirzaxalilovning qirg'izistonlik raqibga qarshi jangi uchinchi raunddan so'ng tugadi. Qirg'izistonlik Islom Torabaevning sekundantlari jangni davom ettirmaslikni maqul ko'rishdi. Mirazizda - muddatidan oldin g'alaba! 


"Humo arena"dagi boks oqshomida kichik tanaffus: Artur Grigoryan, Muhammadqodir Abullaev va Murodjon Ahmadaliev! O'zbek boksining o'tmishdagi va bugungi kundagi chempionlari. Ularga esdalik uchun choponlar kiydirildi. Tashkilotchilar shuningdek Rufat Risqievni ham esdan chiqarishmadi!


Mujibillo Tursunov prof ringdagi debyutida Rahmatillajon SHarifovga qarshi jang olib bordi va hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. 


Abbosxon Yo'ldoshev SHohruxbek Kenjaevga qarshi 6 raundlik jang o'tkazdi va ochkolar evaziga yutqazib qo'ydi. Hakamlar bir ovozdan Kenjaevning g'alabasini etirof etishdi


Kechaning ikkinchi jangida ikki o'zbekistonlik bokschi o'zaro ringga ko'tarildi: unda Farrux Arslonov Timur Abdurahmonovni 6 raundlik jangda ochkolar evaziga mag'lub etdi. 


Dastlabki jangda qozog'istonlik Nurim Dilshad uchinchi raundda g'alabaga erishdi. 


Abbosxon ishtirokidagi jangni tomosha qiling. 




Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov so'zga chiqib, sportchilarga omad tiladi. 


Jang kechasi boshlanmoqda. Boshlovchilar kirish so'zi bilan boshlab berishdi. 


Jang oqshomi 18:30 da boshlanadi. 

Bugungi janglar ro'yxati bilan: 

Reyting: -2   

Fikrlar

   
14 avg 16:34:57
Мангуберди
Тегмасдан йикилиб,билдириб ку́йди договорняк эканлигини
   
14 avg 09:39:40
CHELSEA2211
Sayyohlarni yaxshilab mehmon qilish kerak...
   
13 avg 23:58:29
Vista 1981
Fazliddin Ğoyibnazarovni raqibi xayotda qanday kasb bilan shuģullanar ekan a. Zarba òtkazmasdan yotib oldiku. Ifloslik
   
13 avg 23:13:25
Predatorr
Olimpiada chempionlari haliyam nikaragualik taksistlar bn jang qilyaptimi
   
13 avg 23:06:58
Jonny
Teatr
   
13 avg 20:52:38
Analitik
Bir tiyinlik Abbosning axvoli vuhahahahah
   
13 avg 20:48:13
Ibroxim
Abboscha umuman bunday nufuzli musobaqalardan nari yurgani ma'qul.K'ordik piarchini axvolini birinchi raunddan oxirgi raundgacha jigardan zarba yedi abboscha ))))
   
13 avg 20:30:58
Davron Mirzakulov
Abboshonga anjondan chok 500 dollarlik zarbalar kelib qoldi yeb qoydi karillash kkmas yana ham zarba kotararkan
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing