So’nggi yangiliklar

22:15Ҳасанбой Дўсматов туркиялик рақибини осонлик билан мағлуб этди 0 21:41Эрон. Остон Ўруновнинг ягона голи "Персеполис"га ғалаба келтирди 0 21:13Freestyle Chess Grand Slam Finals. Синдаровнинг 1/2 финалдаги рақиби маълум 0 20:32Акмалжон Исроилов қозоғистонлик рақибга қарши жанг қилди 0 19:57Freestyle Chess Grand Slam Finals. Жавоҳир Синдаров 1/2 финалда! 0 18:46Асилбек Жалилов ғалабали юришини давом эттирмоқда 0 18:39Англия терма жамоаси футболчиси барда бир кишига боши билан зарба бергани учун ҳибсга олинди 0 18:18Чимаев нима учун Нассурдин Имавов билан жанг қилишни истамаслигини айтди 0 17:54Том Аспиналл 2025 йилнинг энг яхши жангчиси кимлигини айтди — бу Махачев ёки Двалишвили эмас 0 17:24Хамзат Чимаев қачон Богдан Гусковнинг вазнига ўтишини айтди 0 17:01Жалолиддин Машариповга водий жамоаларидан қизиқиш бор, бироқ... 0 16:37О’Мэлли Пётр Ян — Двалишвили реванши ҳақида кутилмаган фикр билдирди 0 16:15Александр Усик ўзининг энг севимли чемпионлик камари қайси эканлигини айтди 0 15:51"У янги Конор бўлмоқчи. Биз жанг қилсак, зўр бўлади". Чимаев — Иан Гарри ҳақида гапирди 0 15:30Transfermarkt: Ўрунов — Эрон чемпионатининг энг қиммат футболчиси, Машарипов ўнликда 0

18 avg 16:48
Yangiliklar

Boshqalar

SHavkat Mirziyoev Toshkent shahrida qurib bitkazilgan Olimpiya shaharchasini ko'zdan kechirdi FOTOGALEREYA

Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Toshkent shahrida qurib bitkazilgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi.

SHaharcha qurilishiga 2022 yil 9 noyabrda tamal toshi qo'yilgan edi. O'shanda davlatimiz rahbari Olimpiya shaharchasi xalqimizning yuksak bunyodkorlik salohiyati va o'zbek sportining olamshumul yutuqlari ramziga aylanishi, memoriy jihatdan mukammal, energiya tejamkor va eng ilg'or innovacion echimlarni mujassam qilgan zamonaviy majmua bo'lishini takidlagandi.

SHunday ham bo'ldi – qisqa vaqt ichida 100 gektardan ziyod maydonda muhtasham majmua qad rostladi. Qariyb 290 million dollarlik ushbu noyob loyiha “CAMC Engineering” kompaniyasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq amalga oshirildi. SHaharchada 5 ta asosiy sport majmuasi joylashgan.

Xususan, Velodrom murakkab muhandislik echimlari asosida, o'ziga xos dizaynda qurilgan. Uning yog'och qoplamasi sifati, traektoriyasi va burilish burchaklari Xalqaro Olimpiya qo'mitasi talablariga javob beradi. Jumladan, yo'lak eng mustahkam daraxtlardan yasalgan, qavatma-qavat yotqizilgan. Bu sifat muntazam saqlanishi uchun velodromda yil davomida bir xil harorat taminlanadi. Hatto velosportchilarga havo qarshiligigacha inobatga olingan.

Trekka yorug'lik bir xil va teng darajada tushadi. Bu sportchilarga qulaylik bo'lishi bilan birga, tomosha va televizion translyaciya meyorlariga ham mos. O'rindiqlar 2 ming 200 kishiga mo'ljallangan. Xalqaro Olimpiya qo'mitasining yangi talabi bo'yicha tomosha joylariga himoya to'sig'i o'rnatilgan.

SHuningdek, majmua ko'p funkciyali bo'lib, bu erda stol tennisi, qilichbozlik bo'yicha musobaqa va mashg'ulotlar o'tkazish ham mumkin. Bunday darajadagi velodrom O'zbekistonda birinchisi. Mutasaddilarga hududlarda sharoit yaratib, velosportni rivojlantirish bo'yicha dastur tayyorlash vazifasi qo'yildi.

Prezidentimiz stol tennisi hammabop, arzon va qulay sport ekanini takidlab, har bir maktab va mahallada uni ommalashtirish, anjomlarini ishlab chiqarish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

SHaharcha markazida 12 ming o'rinli stadion joylashgan. Xalqaro turnirlar paytida bu erda tantanali marosimlar tashkil etiladi. Asosiysi, yashil maydon va 9 qatorli yugurish yo'lagida engil atletikaning 48 ta yo'nalishi bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi. Jumladan, jahon chempionati, Brilliant ligasi, paraatletika bahslari, ko'zi ojizlar o'rtasida IBSA o'yinlarini tashkil etish mumkin. Boshqa paytlarda stadiondan mahalliy o'quv-yig'inlar, amaliy mashg'ulotlar orqali dual talimda foydalaniladi.

Stadiondagi to'rt qavatli binoda terma jamoalar mutaxassislari va sport federaciyalari faoliyat yuritadi.

Engil atletika va para sport turlari aholi salomatligini mustahkamlashda juda samarali. Olimpiya va Osiyo o'yinlarida ular bo'yicha dastur ham keng. Lekin yurtimizda bu imkoniyatlar to'la ishga solinmayotgani ko'rsatib o'tildi.

SHu bois engil atletikaning barcha yo'nalishlarini rivojlantirish bo'yicha topshiriq berildi. Unga ko'ra, viloyatlardagi stadionlar rekonstrukciya qilinib, engil atletika uchun sharoitlar yaxshilanadi, xorijdan murabbiylar olib kelinadi, sportchilar mahoratini oshirish maqsad qilib qo'yiladi.

Ulkan suv sporti saroyi ham zamonaviy va qulay. Unda 25x50 metrli suzish va 25x20 metrli suvga sakrash havzalari, mashg'ulotlar uchun basseyn va trenajyor zallari bor. Barcha sharoitlar va o'lchamlar xalqaro olimpiya standarti talablariga javob beradi.

Yaqinda "World Aquatics" federaciyasi delegaciyasi majmuani ko'rikdan o'tkazdi va buni tasdiqladi. Yani, bu erda suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi bo'yicha qita va jahon chempionatlari, Olimpiya dasturidagi nufuzli musobaqalarni tashkil etish imkoniyati bor. Ularni 2 mingdan ziyod muxlislar tomosha qilishi mumkin.

Davlatimiz rahbari suv sport turlarini rivojlantirish, xalqaro turnirlarda natijalarni yaxshilash bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi.

Jamoaviy va yakkakurash sport turlari majmualari ham xalqaro talablar darajasida bunyod etilgan. Ularning har biri uch qavatli, 2 ming o'rinli. Jumladan, birinchisida voleybol, basketbol va gandbol bo'yicha mashg'ulot va xalqaro musobaqalarni o'tkazish mumkin. Yakkakurashlar majmuasi dzyudo, boks, taekvondo kabi sport turlarini rivojlantirishga asos bo'ladi.

Prezidentimiz shu erda sportchilar bilan suhbatlashdi.

– Xalqaro musobaqalarda bayrog'imizni baland ko'tarib, mamlakatimiz rivojini namoyon etyapsizlar. Sizning har bir yutug'ingiz xalqimiz uchun katta g'urur, yoshlarimizga kuch, dalda. Bu harakatlarni davom ettirib, bolalarni ortingizdan ergashtirib, sportimizni yanada yuksaltirishingizni tilaymiz, - dedi SHavkat Mirziyoev.

Olimpiya shaharchasida futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, engil atletika kabilar bo'yicha 15 ta ochiq maydon ham barpo etildi.

Bundan tashqari, 400 o'rinli paralimpiya yotoqxonasi, sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi qurilishi yakuniy bosqichda. SHaharchadagi barcha inshootlar energiya tejamkor bo'ladi. Avtoturargohlar ustida quyosh panellari o'rnatiladi.     

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing