So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

21 iyu 11:56
Yangiliklar

Dzyudo

Federaciya rahbariyati dzyudochilar bilan uchrashdi FOTOREPORTAJ

Malumki, O'zbekiston terma jamoasi Tokio Olimpiadasiga qadar xorij o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etadi.

O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 21-30 iyun kunlari Antaliya, Nellya Kiyamova murabbiyligidagi qizlarimiz esa aynan shu sanalarda Slovakiyada yig'in o'tkazishadi. Keyin 1-7 iyul kunlari Xorvatiyada har ikki terma jamoamiz uchun navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi. Olimpiadaga so'nggi tayyorgarlik esa 11-19 iyul sanalarida bevosita Yaponiya (Maydzuru) davlatida o'tkaziladi. 

Terma jamoamiz delegaciyasi safarga jo'nab ketish oldidan O'zbekiston dzyudo federaciyasida yig'ilish o'tkazildi. Unda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, rais o'rinbosarlari Alisher Narbaev, Zafar Mamajonov, terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis, dzyuyudochilar va ularning shaxsiy murabbiylari ishtirok etdi. 

Federaciya rahbariyati oldinda turgan uchta xorij yig'inining dzyudochilarimiz uchun qanday ahamiyatga ega ekani, katta masuliyat va talabchanlik bilan yondashish lozimligini uqtirishdi. SHu bilan birga kutilmagan jarohatlardan saqlanish kerakligi ham aytildi.  

O'z o'rnida bosh murabbiy hamda dzyudochilar davlatimiz rahbari va xalqimiz bildirayotgan ishonch, ular kutayotgan natijani qayd etish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishlarini takidladilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing