So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

17 noy 13:16
Yangiliklar

Tadbirlar

Federaciyalardagi harajatlar yangi tizim bilan optimallashtiriladi

Teglar :  FederaciyaMoliya
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasida terma jamoalarimiz uchun amalga oshiriladigan sarf-xarajatlar tizimini optimallashtirish masalasi bo'yicha yig'ilish o'tkazildi.

Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, Moliya vazirligi mutasaddilari, Respublika oliy sport mahorati maktablari direktorlari, federaciya va associaciyalar bosh kotiblari va moliya-iqtisod yo'nalishi vakillari ishtirok etishdi.

Yig'ilishni MOQ rahbari olib bordi. Rustam SHoabdurahmonov so'z o'rnida Prezidentimizning sport sohasiga oid qabul qilgan qarorlari ijrosini taminlashda iqtisodiy yo'nalishdagi ishlarni to'g'ri amalga oshirish bo'yicha gapirib o'tdi. SHundan so'ng Moliya vazirligi masul xodimi Ulug'bek Abduqahhorov sohadagi yangilik haqida to'xtaldi.

Unga ko'ra, federaciyalarimiz amalga oshiradigan xaridlar, mahalliy va xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlari, musobaqalarda ishtirok etish uchun ajratilgan mablag'lar yangi tizim bilan nazorat qilinadi. Mutaxassislar bu tizim qanday ishlashi, uning qulayligi haqida malumot berishdi. Qayd etilishicha, bu orqali amalga oshiriladigan davlat xaridlarining shaffofligini taminlash, moliyaviy operaciyalarning tezkorligini yo'lga qo'yish mumkin.

Yig'ilish davomida mutaxassislar mavzu yuzasidan o'z fikrlarini bildirib, xizmat faoliyatlari davomida uchraydigan muhokamali vaziyatlar bo'yicha fikr almashishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing