12 fev 14:00
Yangiliklar
Dzyudo
O'zbekiston dzyudo federaciyasida yig'ilish bo'lib o'tdi + FOTO
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rais o'rinbosari, federaciya raisi Azizjon Kamilov o'tkazgan yig'ilishda bir qator masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, 5-7 mart kunlari poytaxtimizdagi "Humo" arenada o'tkaziluvchi Toshkent "Katta Dubulg'a" turniriga olib borilayotgan tayyorgarlik, mehmonlarni kutib olish va joylashtirish hamda tashkiliy masalalar ko'rib chiqildi. Bu borada masul xodimlar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berishdi.
Ikkinchi muhim masala - dzyudoni butun respublika bo'ylab yangi bosqichga olib chiqish, ushbu olimpiya sport turi oqsayotgan Cirdaryo, Jizzax kabi viloyatlarga etibor qaratish, moddiy texnik-bazani yaxshilash, malakali murabbiylar bilan taminlash bo'ldi. Bu masala tanqidiy ruhda ko'rib chiqildi va vaziyatni qisqa fursatda ijobiy tomonga o'zgartirish bo'yicha topshiriq berildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar