So’nggi yangiliklar

18:39Асу Алмабаевнинг навбатдаги жанг санаси ва рақиби маълум қилинди, рақиб - собиқ даъвогар 0 18:17UFC 322 турнири учун дастлабки жанг анонс қилинди 0 17:50Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди 0 17:25"Агар кимдир Канелони мағлуб эта олса, бу Кроуфорд бўлади" - собиқ чемпион 0 17:01Шоҳасан Мирзаматовнинг навбатдаги жанг санаси маълум қилинди 0 16:38Украина бокс терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧга қўйилмаслиги мумкин 0 16:16Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди 0 15:55Илия Топуриянинг жамоадоши навбатдаги рақиб ва жанг санаси ҳақида маълумот берди 0 15:32WBO рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 15:11Қирғиз Республикасининг Ливерпулдаги ЖЧ учун таркиби маълум: Мунарбек ҳам таркибда! 0 14:50Моуринью "Реал" футболчисини олиб келмоқчи. "Фенербахче" "Қироллик клуби" билан боғланди 0 14:29"Чимаевни мағлуб этадиган кимнидир кўрмаяпман" - UFC собиқ чемпиони 0 14:08Низомиддин Хайриддинов — Astana 2025 World Boccia вице-чемпиони! 0 13:47Пауло Коста: "Чимаев дю Плесси билан жанг қилишдан қўрқди" 0 13:26"Реал" АПЛдан футболчи олиб келишни режа қилмоқда 0

24 sen 18:12
Yangiliklar

Tennis

Federer faoliyatidagi so'nggi o'yini haqida: Men baxtliman, xafa emasman

Teglar :  Rojer Federer
Rojer Federer faoliyatidagi so'nggi o'yin haqida fikr bildirdi.

“Bu ajoyib kun edi. Yigitlarga baxtliman, xafa emasman, dedim. Men xursandchilik bilan krossovkalarimdagi bog'ichlarni qayta bog'ladim. Hammasi oxirgi marta edi.

Qiziq, o'yindan so'ng atrofda yigitlar, yaqinlarim, do'stlarim borligi tufayli men unchalik stressga tushmadim. Lekin o'yin davomida oyog'im yoki belim og'rib qolishidan qo'rqdim. Butun o'yinni o'ynay olganimdan juda xursandman.


Uchrashuv ajoyib o'tdi, men juda ham xursandman. Hammasi ajoyib bo'ldi.

Va, albatta, Rafa bilan bir jamoada o'ynash, barcha yigitlar va afsonalar safida bo'lish... Raket (Rod Leyver), Stefan Edberg, rahmat. (Yig'lay boshlaydi).

Atrofda yigitlar borligi juda yaxshi bo'ldi. O'yindan so'ng, oxirgi marta kortga chiqqanimda o'zimni yolg'iz his qilishni xohlamadim. Va bu ajoyib o'tdi. Lekin jamoa bilan xayrlashish...



SHu vaqtgacha men bilan birga bo'lgan jamoamga rahmat. Endi, Tomas, Novak, Matteo, Cam, Stefanos, Rafa va Kasper sizlarga rahmat aytaman. Va, albatta, boshqa jamoa azolariga ham. Yigitlar, siz aql bovar qilmaydigan insonsizlar. "Leyver Kubogi"ni ko'p marta o'ynash - bu juda yoqimli.

Va menda bu bayramdek bo'lganini his qildim. Men bu tuyg'uni his qilishni doim xohlardim va shunday bo'ldi. Tennis o'ynashdan va do'stlarim bilan vaqt o'tkazishdan xursand bo'ldim. Bu ajoyib sayohat bo'ldi va men buni mamnuniyat bilan takrorlayman. (Yig'lab).


Bu ajoyib, ajoyib, juda ajoyib edi. Hammaga raxmat. Ko'pchilik meni qo'llab-quvvatladi va bu men uchun juda muhim (yig'lab).

Federer shuningdek, rafiqasi Mirkaga ham minnatdorchilik bildirdi: “U meni ancha oldin to'xtatishi mumkin edi. Lekin u bunday qilmadi. U menga kuch berdi va o'ynashda davom etishimga yordam berdi. Bu ajoyib. Rahmat (yig'lab)"


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing