So’nggi yangiliklar

19:36Яна бешта мамлакат World Boxing ташкилотига қўшилди 0 19:15"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди? 0 18:53Сен-Пьер Дана Уайт Хабиб борасида ёлғон гапирганини айтди 0 18:31Андижонда дзюдо бўйича катталар ўртасида Ўзбекистон Кубоги бошланди + ФОТО 0 18:17Топурия Пимблетт ҳақида: "Мен бу "блондинка"ни дўппослайман" 0 17:52Нассурдин Имавов Кайо Борральо билан жанг қилади 0 17:25Шомуродовга А Серия жамоасидан таклиф бор 0 17:02Усик промоутери билан ҳамкорликни тўхтатди 0 16:38Мураббий Нганнунинг нима учун UFC'га қайтмаслигини тушунтирди 0 16:16Ўзбекистон боксчилари Астанадаги Жаҳон кубогида қатнашади, лекин... 0 15:54Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди 0 15:32Топурия ва Оливейра ўзаро жангдан қанча гонорар ишлаб олиши маълум бўлди 0 15:11"У чарчади". Топурия Махачевнинг UFC'да ярим ўрта вазнга ўтиши сабабини айтди 0 14:50Хабиб Нурмагомедов фаолиятини якунлаган Жон Жонсга мурожаат қилди 0 14:29"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи 0

19 dek 15:40
Yangiliklar

Futbol

Finaldan oldingi matbuot anjumani. SHota Arveladze: "AGMK finalda o'ynashni yaxshi biladigan jamoa"

O'zbekiston kubogi finalidan oldingi matbuot anjumanida "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze va jamoa sardori Egor Krimec ishtirok etdi.

"Barchaga xayrli kun. Hammaga sog'liq tilayman. Qo'qondagi o'yindan keyin eng kuchli jamoalar yarim finalga etib kelganini aytgandim. Finalda ham shunday. Raqibimiz yaxshi jamoa. Avvalgi ikki finalda ham shu klub bilan to'qnash kelgandik. Mavsumni barqaror o'tkazdik deb o'ylayman. OCHLda ham yaxshi o'ynadik, afsuski finalga chiqa olmadik. Ammo ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqdim. Ishonamanki "Paxtakor"da hali OCHL finaliga chiqish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'ladi. Final qiyin va qiziqarli kechadi. Raqib finalda o'ynashni yaxshi biladigan jamoa", - deydi SHota Arveladze.



"O'ylashimcha hech kimga tushuntirish shartmas. Final bu final. CHempionat bahsi umuman boshqa. Yana bir hal qiluvchi bahsga etib kelganimizdan xursandman. Mavsumni sovrin bilan yuqori kayfiyatda yakunlash imkoniyatiga egamiz. Muxlislarga chiroyli va hujumkor o'yin namoyish etib berishga intilamiz. Vodiyda futbolni juda yoqtirishadi. Biz ularga xush keladigan o'yin ko'rsatishga urinamiz", - deydi Krimec.



"Ertaga albatta eng kuchli tarkibni maydonga tushiramiz. Ammo maydonga 11 nafar futbolchi o'ynay olmaydi. Bitta yo'qotish bor: Farruh Sayfiev diskvalifikaciya sababli o'ynay olmaydi", - deydi Arveladze.

"Finaldan keyin uyga uchib ketaman. Uzoq vaqtdan buyon uyimga borganim yo'q. O'z yaqinlarim bilan yangi yilni kutib olaman. Takliflar bo'lishi mumkin, ammo bayramni o'tkazib yana "Paxtakor"ga qaytaraman.

O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqishi uchun nima etishmaydi? Futbolda imkon boricha yaxshi sharoitlarni yaxshi darajaga keltirib, barchasi doimiy o'sib borishiga urinish lozim. Aytaylik, maydon, yoritish tizimi yoki boshqa jihatlar bo'yicha muammolar bo'lmasligi kerak.

"Paxtakor" sovrin yutishdan zerikmadimi? Agar "Bavariya" murabbiyi oldida o'tirganingizda bunday savol bermagan bo'lardingiz, menimcha. Sovrinlarga ega chiqish doimo yoqimli. Biz bunga barqaror erishayotganimiz yanada xursandchilik beradi. Hech bir jamoa biror sovrindan keyin to'xtab qolishni xohlamaydi. Biz yangi-yangi g'alabalar uchun intilamiz.



"Paxtakor" safiga kelgan har bir o'yinchi yaxshi o'ynab keta olmasligi mumkin. Butun dunyoda shunday. Yaxshi futbolchilar kuchliroq klublarga o'tishadi. Tarkibimizda o'zimizdan chiqqan tarbiyalanuvchilar ko'p. Krimec, Masharipov, Sergeev, Anzur Ismoilov, Alijonov, Kozak, Sobirjonov, Erkinov, Sidiqov. Qolaversa, legionerlarni ortiqcha jalb etmay mahalliy futbolchilarni xarid qilyapmiz. Bu esa pullar o'zbek futbolida qoladi degani.

Ertaga stadionga kelgan muxlislar qaysi klubga ko'proq muxlislik qilishadi? O'zingiz ham javobini bilasizku. Namanganlik muxlislar negadir "Paxtakor"ga hech qachon va hech qaerda muxlislik qilishmaydi. Nega bundayligini bilmayman. Agar nimadir o'zgargan bo'lsa va ertaga bizga muxlislik qilishsa xursand bo'lardim", - deydi "Paxtakor" bosh murabbiyi.

"SHu erda kichik to'ldirish berishni xohlardim. "Paxtakor"da hamma ham yaxshi o'ynab keta olmaydi. Bosimga chidash oson emas. SHunga dosh berganlar juda yaxshi o'ynab ketishgan",  - deydi Krimec. 


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing