So’nggi yangiliklar

16:20"Корея Опен": Таэквондочилар илк кунда 2 та медаль қўлга киритишди 0 16:16Жаҳон чемпионатида қатнашадиган қиличбозларимиз таркиби маълум 0 15:55Жервонта ва Роуч жанги Дэвиснинг ҳибсга олиниши сабаб қолдирилиши мумкин 0 15:51Шахмат. Умида Омонова Жаҳон кубогида янги рекордни ўрнатди 0 15:34Дмитрий Чигирёв ва Екатерина Гейниш янги мавсум учун тайёргарликни бошлади (ВИДЕО) 0 15:13Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди 0 14:52WBC рейтинги янгиланди: Ундан 6 нафар боксчимиз ўрин олди 0 14:31Шахматчиларимиз Памуккаледаги турнирда шоҳсупага кўтарилишди 0 14:10IBF рейтинги янгиланди. Баҳодир Жалолов нечанчи ўринда? 0 13:49"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди 0 13:28Аҳмадалиевга қарши жанг учун Наоя Иноуэга Муроджоннинг собиқ рақиби ёрдам беради 0 13:07Жошуанинг жамоаси Жейк Пол билан музокара олиб борилаётганини тасдиқлади 0 12:46Келаси ҳафта Тошкентда волейбол бўйича жаҳон чемпионати старт олади 0 12:25Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди? 0 12:04Спорт вазири ҳузурида соҳада амалга оширилаётган қурилиш ишлари тақдимот бўлиб ўтди 0

26 noy 22:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Frensis Ngannu Siril Gan va sobiq jamoasi bilan bo'lgan voqeaga izoh berdi

Frensis Ngannu Siril Gan bilan bo'lgan noqulay vaziyat bo'yicha tushuntirish berdi.

Og'ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Frensis Ngannu nima uchun Nyu-Yorkdagi UFC 268 musobaqasida sobiq jamoasi azolarining yonidan o'tib ketganini tushuntirib berdi. 

Ngannu Daniel Kormega bergan intervyusida: «Men bu vaziyatda oldida biroz noqulay bo'lgan yagona odam Siril Gan edi».

Kamerunlik og'ir vaznli sportchining so'zlariga ko'ra, u sobiq jamoadoshlariga faqat bir necha yillardan beri ziddiyatli munosabatda bo'layotgan murabbiy Fernand Lopes tufayli salom bermagan.

«Men yuqoriga chiqib, u bilan salomlashishni xohlamadim, chunki men bu odamdan uzoqroq turishni afzal ko'raman. Agar men o'rnimga borib, salom bersam, bu unga men haqimda yana nimadir deyishiga asos bo'lardi – u bu vaziyatni o'zgartirib, men aytmagan gaplarlarni yana menga bog'lashi mumkin edi. Qolaversa, u mening salomimga muhtoj emasdi. U bilan men do'st emasmiz va u doimo matbuotda menga hujum qiladi. Men esa unga shunday javob bera olmayman. Bu mening uslubim emas».


Ganni Ngannu undan bir necha santimetr uzoqda yurib, Nassurdin Imavov bilan salomlashmagani g'azablantirdi, ammo UFC chempionining takidlashicha, u shunchaki sobiq sparring sherigini payqamagan.

«Men yaqinlashganimda Lopes va Ganni ko'rdim va shuning uchun o'sha oqshom jang qilayotgan Imavovni ham payqamay, boshqa tomonga qaradim. Imavov hamda Gan bilan o'rtamizda hech qanday muammo yo'q, lekin ularning yonida bir yigit bor edi, u bilan uchrashish men uchun doim noqulay. Agar men Fernandga emas, balki ularga salom berganimda, bundan ham yomonroq ko'rinardi. Bu juda qiyin vaziyat edi va men bundan boshqa qanday qilib chiqib ketishni bilmayman», - deya izoh berdi Ngannu.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing