14 iyu 10:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Tom Aspinallning to'laqonli chempion sifatidagi ilk jangi kimga qarshi o'tishi malum
Ijtimoiy tarmoqlarda og'ir vazn toifasida angliyalik UFC chempioni Tom Aspinallning keyingi jangi bo'yicha malumotlar tarqalmoqda.
Unga ko'ra, 32 yoshli aralash yakkakurash ustasi 25 oktyabr kuni tashkil etiladigan UFC 321 turniri doirasida oktagonga qaytadi. Aspinallga o'sha kuni Franciya vakili Siril Gan raqiblik qilishi aytilmoqda.
Aspinall yaqindagina amerikalik Jon Jonsning nafaqaga chiqishi oqibatida UFC'ning to'laqonli chempioniga aylangandi. Siril Gan esa ayni damda og'ir vazn toifasi reytingida birinchi raqamli davogar bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : MainCard
Fikrlar