So’nggi yangiliklar

22:12Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги жанг бекор бўлди 0 20:00UFC медиаҳуқуқларни 8 миллиард долларга сотди. Қандай қилиб бунчалик кўп? 0 19:2693 ёшли Дон Кинг супероғир вазнда камар учун кечадиган жангни анонс қилди 0 19:05"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади 0 18:44Усик WBO`дан мажбурий ҳимоя муддатини кечиктиришни сўради 0 18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0 15:56"Бу менинг энг кучли рақибим эмас". Дю Плесси — Чимаев билан бўладиган жанг ҳақида гапирди 0 15:35Осиё Паралимпия қўмитасининг VIII Бош ассамблеяси ўз ишини якунлади 0 15:14"Биз мақтаниб юрганимизда, ўзбеклар меҳнат қилди". Қозоғистонлик мураббий ўзбек боксининг муваффақияти ҳақида гапирди 0

18 may 07:22
Yangiliklar

Kurash

Germaniyada Prezident sovrini uchun o'tkazilgan xalqaro turnir muhokama qilindi FOTOGALEREYA

Sportni rivojlantirish vazirligida Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o'tgan xalqaro turnir yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda ishtirok etgan sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, O'zbekiston kurash federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, zamonaviy kurash qonun-qoidalari muallifi Komil Yusupov, Milliy Olimpiya qo'mitasi vakili Kamol Usmonov, mazkur xalqaro turnirda kumush medal sohibi bo'lgan hamyurtimiz SHohrux Usmonov va boshqalar Germaniyada o'tgan kurash musobaqalarining milliy qadriyatlarimiz targ'ibotidagi ahamiyati, Yangi O'zbekiston tamoyilining xalqaro maydondagi obro'-etibori, ota-bobolarimizdan meros kurash sportini jahon bo'ylab ommalashishida o'tkaziladigan turnirlarning o'rni xususida to'xtalib o'tishdi.

Malumki, Germaniyada mukofot jamg'armasi 10 ming evro bo'lgan xalqaro turnirda Evropaning 20 dan ziyod davlatidan polvonlar ishtirok etib, erkaklar +81 kg. vazn toifasida, ayollar +63 kg. vaznda kurashdi.

Musobaqaning qizlar bahsida polshalik Sandra Liskin g'olib chiqqan bo'lsa, o'g'il bolalar o'rtasidagi musobaqada serbiyalik Aleksandr Kolobik O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrinini qo'lga kiritdi.

Frankfurt-Mayn shahridagi bahslarda 1-o'rinni egallagan sportchilar 2500, 2-o'rin sohiblari 1500 va 3-o'rindan joy olgan kurashchilar 500 evro miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

Takidlanishicha, 28-29 may kunlari Bolgariyada, 25-26 iyun kunlari Turkiyada hamda iyul oyida Franciyada kurash bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirlar o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing